Get Mystery Box with random crypto!

#tafakkur (Ingliz tilidan Alloh qodir qilguncha tarjima qili | 𝐍𝐑𝐌.

#tafakkur

(Ingliz tilidan Alloh qodir qilguncha tarjima qilishga harakat qildim)

21 yoshga kirgan bir yigitning hikoyasi.

"21 yoshimda do'stim vafot etdi. U juda ajoyib yigit edi. Namozlarini qoldirmasdi. Juda ochiq fe'lli, xushchaqchaq, muloyim xarakterli inson edi. Undan yomonlik ko'rgan odamni hech kim bilmaydi. Har doim hammaga yaxshilik qolardi.

Lekin ancha vaqt o'tib tushlarimda do'stimni ko'ra boshladim. Tushlarimda u jahannam olovida yonayotgan va qiynalayotgan edi. Qo'rqib ketdim. Lekin shu tushni bir necha marotaba ko'rdim. U baqirardi. Go'yoki yordamga chaqirar edi.
Uning quloqlaridan, qo'llari - tirnoqlari ostidan, og'zidan sadiid oqib chiqardi. ( Sadiid qon aralashgam quyuq suyuqlik ekan)

Uning bu surati miyamda qotib qolgan edi. U uchun sadaqa bera boshladim, duo qildim. Hatto, uxlashga qo'rqib qolgandim. Duo qilayverardim.

Yana bir kun uni o'sha ahvolda tushimda ko'rdim. Ikkita ulkan bir narsalar uni sudrab ketishdi va qulog'iga eritilgan qo'rg'oshin quyishdi. Do'stim baqirardi, uni ovozidan azoblanayotganini sezardim, bu boshqacha azob edi.

Shunda undan "nega senga bunday qilishyapti. Axir sen namozlaringni o'qirding, ota onangni xurmat qilarding. Qanaqa gunoh qilding ey do'stim?" Deb so'rab bildim.