Get Mystery Box with random crypto!

Yangi studentlarga Sizga talabalik nasib qilibdi, o'qishga ki | O'tkirbek Sobirov

Yangi studentlarga

Sizga talabalik nasib qilibdi, o'qishga kira olmaganlarning boshida hozir yong'oqmi, kakosmi sinyapti.

Endi siz 5-sentabrdan oppoq formalarda o'qishga gerdayib bororasiz.

Lekin o'qishim yaxshimasakan, ustozlarning bilimi yaxshimasakan, menga yoqmayapti deb yurmang. Shukr qiling. Agar kirolmaganizda, uyda o'tirardiz stressga tushib, dod-voy solib.

Student bo'ldizmi endi nolishni yig'ishtiring. Hech qaysi universitet mukammalmas. Hech qaysi davlatda perfect ta'lim yo'q. Boriga qanoat qilib, o'qib o'rganib, biroga poydasi tegadigan odam bo'lilar.

Men nolib yurgan minglab studentlarni bilaman. Lekin sabr qilib, o'qiyotgan joyini yoqtirmasayam, oldinga dadil qadam bosayotganlarni ham ko'rdim.

O'qishni tashlab qo'ymaylar, yangi studentlar! Shu postni kecha kechqurundan baqir-chaqir qilishni boshlagan talabalarga jo'natib qo'yamiz.

@srsobirov