Get Mystery Box with random crypto!

'Kelajaksiz do'kon' Men bir do'konni bilaman. Esimni tanib, o | O'tkirbek Sobirov

"Kelajaksiz do'kon"

Men bir do'konni bilaman. Esimni tanib, o'sha do'kondan savdo qilishni boshlaganimda qanday holatda bo'lsa, hozir ham xuddi ashnaqa holatda turadi.

Taxminan 15 yil deb aytaylik. 15 yil oz mudda emas. Bir bola 8-sinf bo'ladi bu vaqt ichida. Shuncha yillar davomida birorta o'zgarish qilmaslik - shunchaki bemaqsad yashash degani.

Biror bir biznesmen kompaniya ochsa, uni rivojlantirishga harakat qiladi, ofisiga e'tibor beradi. Xullas, o'z ishini doimiy ravishda kuchaytirib boradi.

Lekin men bilgan do'kon...U endi o'smasa kerak degan gumondaman.

Bu men bilgan qishloq hayotida qilinishi kerak bo'lgan eng kichik o'zgartirish. Qishloqlarda ba'zi bir odamlar faqat kuno'targa yashashadi; qo'lidan nima kelsa, ashini aylantirib yuraverishadi. Lekin ba'zi odamlarda maqsad bor: hech bo'lmaganda farzandini o'qishi uchun harakat qilishadi.

Nimaga asfalt, zamonaviy binolar haqida gapirmadim? Sababi, bu material narsalar - qachonlardir o'nqir-cho'nqir yerlar asfalt bo'ladi, eski uylar buzilib, yangisi tushadi.

Hayot o'zgarishi uchun bir xillik qolipidan chiqish kerak. Ha menga nima deydiganlar yashayveradi, lekin kunlaridan mazmun topisholmaydi.

Yiqilsa ham o'rnidan turib, yana oldinga gazini bosganlar - ular hayotidan ma'no topisha oladi.

Bu do'kon haqidagi hikoyani kimga aytishni joiz deb bilsangiz, aytib bering!

Bu kunlardan zavq ol, ertaga kuz; keyin qish, bahor bo'lib umr o'toradi:)

@srsobirov