Get Mystery Box with random crypto!

Qadimiy odatlar 1. Kunlar isigan mahal, Miyamga zapt tepildi. | Muhammadali Soriyev (Rasmiy)

Qadimiy odatlar 1.

Kunlar isigan mahal,
Miyamga zapt tepildi.
Uxlab yotgan joyimda,
Ustimga suv sepildi.

Tashqarida momolar,
Joy yoʻq hatto yurishga.
Qoʻlda tayoq, toshbaqa,
Ketayotgandek urushga.

"Tuz xotin" boshlanbdi,
Hamma qoʻlida chelak.
Birinchi farzand qani,
Unga suv sepish kerak.

Eshitdim qulogʻim ding,
Qochdim uzalang tomon.
Baqirishdi qochdi deb,
Quvdilar ortidan yomon.

Ayollar chaqon ekan,
Meni birdan ushlashdi.
Hamma qoʻlida chelak,
Men sepay deb talashdi.

Qaradim atrofimga,
Hamma yoqda chechalar.
Tushimda ham ularni,
Kuramanov kechalar.

Katta yoshli odam ham,
Kuchadan yurolmasdi.
Utganda ham koʻchadan,
Hoʻl boʻlmay utolmasdi.

Qoʻshildim men ham safga,
Men tajriba quyoni.
Katta qadam tashladim,
Bilmagandim buyogʻi.

Ayollarga qoyilman,
Ushlanglar deb shoshardi.
Oʻn besh kunlik kelin ham,
Derazadan qochardi.

Qoʻlda tayoq toshbaqa,
Yurardik koʻcha tomon.
Men tajriba quyoni,
Suv sepishardi hamon.

Bitta ayol jilmayib,
Hamma yogʻing kir yagʻir.
Molni ogʻzidan olib,
Suv sepdi-ya bir paqir.

Shu shu daryoga bordik,
Suzma pishgan yaltirab.
Momo qornim ochdi deb,
Qoʻlim tutdim qaltirab.

Qorin tuygʻizdim oson,
Qumdaryoga choʻmildim.
Toshbaqa daryo tomon,
Men uyimga yugurdim.

Bu kabi urf odatlar,
Birlashtirib turajak.
Kimligimiz anglatar,
Porloq bular kelajak.

Soriyev Muhammadali