Get Mystery Box with random crypto!

Saratonda chanqab, tilim quriganda, Osmonlarga uchganida, qar | Muhammadali Soriyev (Rasmiy)

Saratonda chanqab, tilim quriganda,
Osmonlarga uchganida, qaro bu sevgim.
Ajib koʻzim ming savdoni koʻrganida,
Hech kimi yoʻq, adirlarni kelar kezgim.

Gohida men sheʼr yozolmay qolganimda,
Jilovidan qochganida faqir sezgim.
Ming oʻylovlar, ming xayolga tolganimda,
Hech kimi yoʻq, adirlarni kelar kezgim.

Goh kimnidir, goh yoshlikni sogʻinganda,
Yiroqlashib ketganida, mendan kulgim.
Bir qalam-u, bir bayt bilan ovunganda,
Hech kimi yoʻq, adirlarni kelar kezgim.

Baqiraman xumorimdan chiqinumcha,
Faqat shu yer, jim eshitar meni soʻzim.
Dardosh, sirdosh boʻlar toki oʻlgunimcha,
Hech kimi yoʻq adirlarni kelar kezgim.

Mangu viqor, mangu qirlar jam boʻlgan yurt,
Necha yovni qaytargan bu adirlaring.
Tuprogʻingni oltinlarga almashmagan,
Sen bilandir, Muhammad-u, Sadirlaring.

Soriyev Muhammadali