Get Mystery Box with random crypto!

Odamlar sandalga uranmay quydi. Endi ular uchun sandal begona, | Muhammadali Soriyev (Rasmiy)

Odamlar sandalga uranmay quydi.
Endi ular uchun sandal begona,
Qish ham kelganidan pushaymon hozir,
Untildi eskilik, asartqi--ona.

Qor gupilab yogʻar, derazada nur,
Ertaklar zamoni - ponus chiroqda.
Oqshomlar gurung, mutolaa kitob,
Onajon u zamonlar qoldi uzoqda.

Chananing urnida, sirgʻalgan kovush,
Pastqam maktabimiz koʻrinar xira.
Oyoqlarda etik- egnimda chopon,
Etik-chopon asri qaytmaydi sira.

Telefon qayerda- qoʻlda burda non,
Biz uchun qor ham mazali taom.
Sinfda koʻmirning hidi anqigan,
E qaylarda qoldi bu sodda avom.

Qizlarning ortidan otilgan qorlar,
Yoʻllarda qor ham tugab qolardi.
Sevginoma aylangan hozir sarobga,
Anketa toʻldirish modda boʻlardi.

Ertalab shakarchoy, kofelar qayda,
Qaynoqina turshaksuv yurakka darmon.
Qaymoqa surtilgan issiq non hidi,
Bu qadrdon yemaklar men uchun armon.

Qambagʻal, qashoqning zamoni tugar,
Hozir zodagon-u boyning zamoni.
Olislarda qolgan usha turshaksuv,
Osuda orom ol qorlar makoni.

Alvido qor tagida qolgan bolaligim.

Muhammadali Soriyev