Get Mystery Box with random crypto!

'Muxabbat' nima u dedinga kulib, Bitta gap, ming bulaka ajrald | Muhammadali Soriyev (Rasmiy)

"Muxabbat" nima u dedinga kulib,
Bitta gap, ming bulaka ajraldi dilim.
Seni xiyonatkor demasman aslo,
Menday xiyonatkorni kechir sevgilim.

Men seni sevmayman, deding jilmayib,
Bitta gap, zabonsiz qoldi bu tilim,
Vafosizsan deya etmayman inkor,
Menday vafosizni kechir sevgilim,

Tuyim bulayabdi, deding jim turib,
Bitta gap, tushib ketdi qoʻlimda gulim.
Sen sotqinsan deya, etmayman ta'na,
Menday sotqingingni kechir sevgilim.

"Xayr- Alvido" deb silkading qoʻling,
Bitta gap, zulmatga aylandi yulim.
Seni zulimkor deb aytmayman ammo,
Faqat Muhammadni kechir sevgilim.

Soriyev Muhammadali