Get Mystery Box with random crypto!

Namoz Vs Meditatsiya (o'zi o'xshatish xato!) Tik tokda bir | Some book

Namoz Vs Meditatsiya
(o'zi o'xshatish xato!)

Tik tokda bir musulmon insonning hayotidan blog ko'rib qoldim. Bomdod namozini qoim qildi va 20 daqiqa meditatsiya bilan tongini boshladi. Ezoterika yo'nalishidan oz bo'lsada habarim bor va tabiiyki men ham qachonlardir meditatsiya bilan shug'ullanganman.

Xozirgi vaqtga kelib musulmon inson uchun meditatsiya shart va mumkin emas degan qarorga keldim.

Meditatsiyadan maqsad qalbingizni tozalash, g'am qayg'uni chiqazish, tozalanish va hokazo.

Meditatsiya bilan shug'ullanayotgan paytlarda siz faqat o'zingizni aldaysiz. Hech ilojisi yo'qki aqilni o'chirib, ruh bilan osmonlarga uchishni...
(O'sha paytlarni eslasam )

Xullas, ancha qidirgan haqiqattan qalbimga hotirjamlikni, qayg'ularni ketkuzuvchi narsani men namoz va zikrda topdim.

Biz chin dildan hushu ila Allahga bog'lanib namoz o'qisak, ruhimiz haqiqattan ko'klarga uchadi.

Meditaysiyadayam bizga aqilni o'chirishni, dunyodan o'zilishni hamma narsa kutib turishi mumkinligini uqtirishardi.

Aslid biz namozni shunday qoim qilishimiz kerak. Shunday namozning haqiqiy mazasini tushunamiz.

Xayotda hech bir ish bekorga bo'lmaydi. Agar o'sha paytlarda men ezoterika yo'nalishidagi bilimlarni o'rganmaganimda xozirda haqiqiy namoz lazzatini anglay olamasdim balki...

Yuqorida qisqacha va chuqurlashmasdan yozilgan...

Ahmadxojayeva Sanobarkhan