Get Mystery Box with random crypto!

Tugashi kerak bo’lgan narsalar baribir tugaydi. Siz uni xohlay | Some book

Tugashi kerak bo’lgan narsalar baribir tugaydi.
Siz uni xohlaysizmi yo'qmi albatta bu hol bo'ladi. Tugadi bo'ldi. Bu holat sizga yoqmaydi ammo go'zal sabr...
Keyin albatta shu holat bo'lganiga shukrona keltiras.

Ketishi kerak bo’lgan insonlar baribir ketadi.
Mani hayotim huddiki qadimiy kinolardagi saroy darvozalarining qo'riqchilariga o'xshaydi. Xar doim kimdir kiradi chiqadi lekin ularga ahamiyat berishmaydi.
Ketishligiga ruhsat bering.

Agarda sizda biror kishini ketishiga ruhsat bersangiz, hayot sizni yangi salom bilan taqdirlaydi.

O’zingizni qiynamang. Taqdirga rozi bo'ling. Hech narsani o'zgartira olmaysiz. Qalam qurigan. Sahifalar ko'tarilgan. Ammo faqat Robbimdan go'zal duo qilib hayrlisini so'rashingiz mumkin.
Bir go'zal gap bor. ''Yozilgan bo'lsa qayga qochay, yozilmagan bo'lsa nimadan qo'rqay? ''
Shu gapni hayotingizga qirg'izib, qalbingiz bilan tasdig' qilsangiz, haqiqiy mo'min bo'la olasiz. Allahning taqdiriga rozi bo'lasizda.

Ahmadxo'jayeva Sanobarkhan