Get Mystery Box with random crypto!

​​​​​​​​​​​​​​​​​​ ARAFA MUBORAK DOʻSTIM! Shayton kuygan kun | 🌸СОЛИХА АЁЛ🌸

​​​​​​​​​​​​​​​​​​ ARAFA MUBORAK DOʻSTIM!

Shayton kuygan kun bugun,
Moʻmin suygan kun bugun.
Oddiy kunlardan ustun,
Arafa muborak do'stim.

Qor-togʻning oq durrasi,
Aylanur yer qurrasi.
Buyukdir “FATX” surasi,
Arafa muborak do'stim.

Nasihatni qil hazm,
Ibodatga et jazm.
Oʻz xolingga sol razm,
Arafa muborak do'stim.

Yomgʻir yogʻsa shuni bil,
Yer yuzi aylar gʻusl.
Sen xam turib gʻusl qil,
Arafa muborak do'stim.

Bir kun yashab kapalak,
Tinmasdan joni halak.
Har yon toʻplanmish malak,
Arafa muborak do'stim.

Tushma mushrik koʻyiga,
Mast boʻl azon kuyiga.
Yur, Allohning uyiga,
Arafa muborak do'stim

@Solixa_Ayol
Яхшилик учун яқинларингиз билан баҳам кўринг!

https://t.me/joinchat/AAAAAEoqxJvob7F63SjCig