Get Mystery Box with random crypto!

#mustaqillik_31_yil Assalomu alaykum, aziz hamyurtlar, qadrli | Soliq qo‘mitasi

#mustaqillik_31_yil

Assalomu alaykum, aziz hamyurtlar, qadrli vatandoshlar, yangi O‘zbekiston tarixidagi shonli sana – Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramini barchamiz katta shodu xurramlik bilan kutib olmoqdamiz.

Shu munosabat bilan butun xalqimizni, barcha vatandoshlarni chin qalbimdan tabriklayman. Sizlarga o‘zimning samimiy va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Ajdodlarimiz, bu muqaddas maqsad yo‘lidagi mashaqqatli sinovlarda jon olib, jon berib kurashdi. Xalqimiz qalbidagi hurriyatga intilishni hech qanday bosqin, zulm va zo‘ravonliklar yo‘qota olmadi.

Asrlar, zamonlar o‘tar, ammo, barchamizga o‘zligimzni qadr-qimmatimizni, tilimiz, muqaddas dinimizni va tariximizni qaytarib bergan bu ulug‘ ayyom Vatanimiz tarixida oltin sahifa bo‘lib qoladi.

Taʼkidlash lozim, keyingi yillarda xalqimiz ajdodlarga xos mustahkam iroda va matonat, beqiyos salohiyatini namoyon etib, qisqa fursatda ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Bu esa Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda olib borilayotgan jadal islohotlarning mustahkam tirgagi bo‘lib, yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans davrida muhim o‘rin tutmoqda.

Ushbu tarixiy jarayonlarda davlat soliq xizmati organlarining ham faol ishtirokini qayd etish joiz. Shunday ulug‘ va sharafli safda – yangi O‘zbekiston bunyodkorlari safida turganligimizdan biz, soliq organlari tizimidagi barcha davlat xizmatchilari o‘zimizni chinakam baxtiyor inson deb bilamiz.

Davlat soliq xizmati organlari,
xalqchil va demokratik tamoyillarga asoslangan yangi O‘zbekistonni, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida sidqi dildan xalqqa xizmat qilishga hamisha tayyor.

Men millati, tili va dinidan qatʼi nazar, barcha yurtdoshlarimizni bugungi ulug‘ ayyom – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi bilan yana bir bor muborakbod etaman.

Jonajon Vatanimiz, xonadonlarimizdan tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka hech qachon arimasin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram