Get Mystery Box with random crypto!

16-QISM SOLIHIM SOLIHAM Abadiy bi | Solihaqizlar2 | 🌵

16-QISM

SOLIHIM
SOLIHAM
Abadiy birgamiz

Meni sevsang, Allohni sev.
Meni sevsangiz, Rasulullohga oshiq bo'ling...

***

Ko'rdi-yu oyoqlari o'zi bilmagan holda Solihaning oldiga olib bordi. Kelib oldiga o'tirdi.
---Salom...
Soliha qo'rqib yoniga qaradi. Solihni ko'rib esa yuragi allaqanday urib ketdi, lekin bunga e'tibor bermaslikka harakat qildi.
---A... Assalomu aleykum.--- uning ko'zidan beixtiyor yosh oqdi, lekin Solihga bildirmadi.
---Maylimi siz bilan tanishsam?
---Men... Begonalar bilan tanishmayman uzr.--- Soliha turib ketmoqchi edi, Solih uning qo'lidan ushlab qoldi. Soliha uning bu harakatidan qo'rqib ketib qo'lini siltab tashladi va Solihning yuziga tarsaki tushirdi.
---Bezbet!
U shu ishni qildi-yu ammo keyin afsuslandi. Sekingina "uzur" deb qo'ydi.
---Hechqisi yo'q,--- yuzini silrkan, kulib qo'ydi Solih. Ismingiz nima? Meniki Solih.
Soliha o'ylanib qoldi. "Aytsammikan, Axir sakkiz yil sog'inib yashadim-ku. Endi topdim deganda yana yo'qotib qo'yamanmi? Lekin xotirasini yo'qotdi. Bu u menga begona deganday gap-ku. To'gri kelgan odamga ismimni aytaverish to'g'rimikan?"...
---Uzur aytolmayman. Xayr bu yerdan keting,--- Soliha ichkariga kirib ketdi. Xonasiga kirib eshikni qulfladi-yu baqirib yig'lab yubordi.
---Ey Allohim, meni kechir. Solih akamni sevib qolganim uchun kechir. Ammo nima qilay, ularsiz yasholmayapman. Har soniyada xayolimda gavdalanyaptilar. Sevgingni sir tutib yashash juda qiyin ekan. Shu damda bu dunyodan ketishni juda-juda xohlayapman! Allohim, bu uchun ham kechir. Bu gunohligini bilaman, ammo kuchim yetmayapti. Sakkiz yil oldin ayrilib, yana topganimda undan yuz o'girishga kuchim yetmayapti! Qani edi oyim yonimda bo'lsalar, ularga dardimni aytib taskin topardim...--- shu payt Malika opa eshikni taqillatib qoldi.
---Soliha qizim, ichkaridamisan? Eshikni och.
Soliha eshikni qulfdan ochdi. Malika opa uning ahvolini ko'rib qo'rqib ketdi.
---Nima bo'ldi qizim? Nega yig'layapsan?--- ular birga Solihaning karavotiga o'tirishdi.
---Oyijon, men... Men... Solih akamni...
---Nima bo'ldi Soliha? Ochiq aytaver.
---Yuragim bormayapti oyijon. Xuddi qandaydir gunoh ish qilayotgandekman... Men Solih akamni sevaman.
---Voy o'zimning qizim-ey,--- Malika ola Solihani ohista quchdi,--- bu savdo hammaning ham boshida bor. Alloh inson qalbiga sevgini so'ramay beradi. Banda esa bu yo'ldagi to'siqlarni yengib o'tishi kerak. Shundagina haqiqiy baxt tamini sezib,baxtli bo'la oladi. Men ishonaman, Solih hali senga qaytadi. U seni zulmatlardan olib chiqib, baxt baxsh etadi. Sen faqatgina sabr bilan kutib, Allohimdan duo qilib so'rasang bas.
---Rahmat oyijon. Sizga bu gaplarni aytib ancha yengil tortdim.
---Mayli qizim, endi sal damingni ol.
Malika opa chiqib ketdi. Soliha esa o'rniga yotdi, ammo hech ko'ziga uyqu kelmadi...

Davomi bor...