Get Mystery Box with random crypto!

15-QISM SOLIHIM SOLIHAM Abadiy bi | Solihaqizlar2 | 🌵

15-QISM

SOLIHIM
SOLIHAM
Abadiy birgamiz

Meni sevsang, Allohni sev.
Meni sevsangiz, Rasulullohga oshiq bo'ling...

**

Solih ertalab nonushta ustida hammasini hal qilmoqchi bo'ldi va hammani kutdi. Vanihoyat onasi otasi bilan birgalikda chiqishganidan keyin gap boshlashga qaror qildi.
---Oyi, dada, men sizlarga har qanday holatda ham ishonaman, bilasizlara?
Bu gapdan Nazira xola og'ir yutinib qo'ydi. Hakim aka esa ko'zlarini olib qochdi. Sal vaqt o'tib esa tilga kirdi:
---Xo'sh o'g'lim, bu gaplarni aytishingdan nima maqsad?
---Mendan hech nima yashurmayapsizlarmi deyapman. Masalan, sevgan qizim bo'lmaganmi?
Bu gapdan keyin Nazira xolaning yeyayotgan ovqati tomog'iga tiqilib qoldi va yo'tala boshladi.
---Swkinroq oyi, ehtiyot bo'ling,--- bu ish Solihda shubha uyg'otdi.--- xo'sh. Savolimga javob bermadingiz.
---Yo'q o'g'lim,--- Hakim aka dadillashdi,--- sen qizlarni yoqtirmasding. Xayoling faqat ishda eding. Necha marta senga uylanishni taklif qildik, ammo sen rozi bo'lmaganding.
Solih ota-onasining bu gaplariga ishonmadi, ammo bildirmadi. Bularning tagiga o'zi yetishini ko'ngliga tugib qo'ydi.
---Mayli oyijon. Men xonamga chiqaqolay.
---Xo'p o'g'lim. Ertaga esingdan chiqmasina. Korxonaga men bilan qaytib ish o'rgangani borasan.
---Obbo esimdan chiqibdi-ku. Xo'p dadajon, boraman. Bormagan nomard.
---Yaxshi...
Solih xonasiga chiqib ketdi va yana tushi haqida o'ylay boshladi.
---U qizni yana ko'rarmikanman? Judayam chiroyli ekan. Negadir tanish tuyulyapti. Men uni anchadan beri biladigandekman... Balki o'sha kuni ko'rganim uchundir... Balki uxlasam, yana tushimga kirar,--- shu xayol bilan Solih uxlashga yotdi. Uxlab qolish uchun u yoqqa aylandi, Bu yoqqa aylandi, ammo foydasi yo'q edi--- hech uxlolmadi.
---Jin ursin! Kerak bo'lmagan paytda ishlashga qo'ymaydi, kerak bo'lganda esa bir soniyaga bo'lsa ham kelay demaydi bu bezbet uyqu.--- U turib mashq qila boshladi. Xonani yugurib chiqdi, ellik marta o'tirib turdi va shunga o'xshash murakkab mashqlarni qildi, ammo qani edi uyqusi kelsa... Oxiri sabr kosasi to'ldi va ko'chaga aylanib kelishga chiqib ketdi. U kasalxonadan chiqqanidan beri uyida edi, shuning uchun piyoda yurgisi keldi. Ancha yurdi xayol surib va uyidan juda uzoqqa ketib qolganini sezmay qoldi. Qayerga kelib qolganini bilish uchun atrofga qaradi. Ko'zi bir binoga tushdi: "11-Mehribonlik uyi". Solihning yuragi shuv etib ketdi. Negadir bu joy unga tanishdek tuyuldi. Sekin ichkariga kirarkan, qandaydir xotiralari uyg'onishini xohladi.
To'satdan undan unchalik uzoq bo'lmagan bir o'rindiqda o'tirgan bir qizni ko'rdi. Ko'rdi-yu unga o'zi bilmagan holda tikilib qoldi. Bu --- Soliha edi. Solihning oyoqlari bo'ysunmay, Solihaning oldiga olib keldi...

Davomi bor...