Get Mystery Box with random crypto!

6-QISM SOLIHIM SOLIHAM Abadiy bir | Solihaqizlar2 | 🌵

6-QISM

SOLIHIM
SOLIHAM
Abadiy birgamiz

Meni sevsang, Allohni sev.
Meni sevsangiz, Rasulullohga oshiq bo'ling...



Oradan bir hafta o'tdi. Bugun Soliha juda hayajonda. U Med institutga hujjat topshirgan, bugun imtihon edi. Solih bilan kelishganlaridek, shifokor bo'lmoqchi.
---Eh Allohim, men hurmat yoki pul so'ramayman. Ozgina omad bergin. Oqishga kirib olay. Iltimos.
Soliha bugun har kungidek yarim soat emas, bir soatini Qur'on mutolaasiga bag'ishladi, chunki tugatayotgandi. U bu kitobni sakkizinchi marta o'qib chiqishi. Deyarli yodlab olgandi.
Soliha tezda nonushta qildi-da, tarbiyachidan oq fotiha oldi.
---Allohim yuzingni yorug' qilsin. Eng birinchilardan bo'lib o'qishga kirgin iloyim,--- u Solihaning peshonasidan o'pib qo'ydi.
---Katta Rahmat... Oyijon... Maylimi sizni shunday deb chaqirsam?
Tarbiyachi Malika opaning ko'zidan yosh chiqdi. U farzand ko'rolmagan, shuning uchun eri bilan ajrashgandi. Sal bo'lsa-da ovunish va farzand mehrini ko'rish uchun esa shu yerga ishga kirgandi... Solohaning bu gapi uning qalbiga nur olib kirdi. Uni quchoqlab oldi.
---Mayli qizim. Meni juda baxtli qilding. Endi boraqol. Kech qolmagin tag'in.
---Mayli onajon. Men ketdim.
---Ehtiyot bo'lgin,--- Malika opa Solihaning orqasidan duo qilib qo'ydi.
Mana, Soliha belgilangan binoga yetib keldi. Ming hayajon bilan navbatini kutib turarkan, Allohga qayta-qayta salovat aytar, undan omadi kelishini so'rab yolvorardi.
Hamma joyini egalladi. Tekshiruvchi kelib hammani yo'qlama qilib chiqdi.
---Bugungi imtihonda institutimizning eng faol talabalaridan biri ishtirok etadi. U tajribasini oshirish uchun bu yerga kelib sizlarni tekshirmoqchi... Kiraqoling.
Eshikdan bo'ylari o'ziga yarashgan, ko'rkam bir yigit kirib keldi.
---Endi o'zingizni tanishtiring.
---Ismim Hakimov Solih. Tanishganimdan xursandman.
Soliha qotib qoldi. Miyasi hech narsani qabul qilmay qo'ydi. Xayolidan ming xil o'ylar o'ta boshladi.
---Nahotki... Solih? Nimayev dedi? Hakimov dedimi? Akam bilan bizning familiyamiz Davlatov edi... Dunyoda Solihlar kammi? Balki bu boshqa odamdir. Bo'ldi Soliha, xayoligni bir joyga jamla. Sen o'qishga kirishing kerak.
Shunday qilib u fikrlarini yig'ib oldi.
Imtihon boshlandi. Soliha har bir daqiqasini o'qishga bag'ishlagani uchun unchalik qiynalmadi. Darrov yozib topshirdi.
Solih esa qiziqqandan topshirilgan javoblarga ko'z tashlab chiqdi. To'satdan bir qog'oz uning qo'lining ustiga tushdi. Solih bu javobga qiziqib varaqadagi ismni o'qidi-yu qo'lidagi ruchka tushib ketdi.
"Davlatova Soliha"...

Davomi bor...

@SolihaQizlar2