Get Mystery Box with random crypto!

5-QISM SOLIHIM SOLIHAM Abadiy bir | Solihaqizlar2 | 🌵

5-QISM

SOLIHIM
SOLIHAM
Abadiy birgamiz

Meni sevsang, Allohni sev.
Meni sevsangiz, Rasulullohga oshiq bo'ling...



Mana, bu voqeaga ham sakkiz yil bo'libdi. Soliha Solihni unutmadi. Har kuni uning haqqiga duo qilar, qayerda bo'lsa ham sog'-salomat yurishini Allohdan so'rab yolvorardi. U sevgi haqida umuman o'ylamasdi. Sevishni gunoh deb bilardi.
Soliha shu paytgacha ancha narsalarni o'rgandi. Har kuni kitob o'qidi. Arabchani boshdan oyoq o'rganib oldi. Qur'onni shu qadar qiroat bilan o'qirdi-ki, hatto uni eshitgan tarbiyachilar ham ko'zlariga yosh olishar, shunday qiz tarbiyalaganlariga shukurlar aytishardi.
Bugun Solihaning tug'ilgan kuni. O'sha mudhish, uni akasidan ayirgan kundan keyin tug'ilgan kuniga qiziqmay qo'ydi. Bu kunni har kungiday o'tkazadigan bo'ldi, lekin bugun o'zgacha kayfiyatda uyg'ondi: u o'n sakkizga to'ladi.
Soliha har doimgidek namozida har bir yaqinini tilga olib o'tdi va albatta Solih akasini ham unutmadi.
---Ey Allohim, Solih akamni o'z panohingda asragin. Qachon bo'lsa ham ular bilan uchrashishni, uchrashganimizda bir og'iz bo'lsa-da suhbatlashishni nasib qilgin... Shuncha yil yashadim. Hech narsaga zor bo'lmadim. Buning uchun ming shukurlar aytaman. Shu kungacha yuzimni yerga qaratadigan ish qilishimga yo'l qo'ymaganing uchun shukurlar aytaman...
Soliha har doimgidek Qur'on o'qib bo'lib o'rnidan turdi. Joynamoz va kitobini avaylabgina tokchaga qo'ydi va ortiga o'grildi. Shu dam ko'zi yoshga to'ldi. Yig'lab yubordi, chunki har namoz o'qib bo'lganidan keyin salom beradigan, "Namozing qabul bo'lsin Soliham" deydigan akasi yo'q edi. Soliha sakkiz yil o'tib ketgan bo'lsa-da hali ham u haqida qayg'urardi...
Uni shu paytgacha hech kim boqib olmadi. Soliha bundan xafa bo'lsa-da, lekin tarbiyachisi mehribonligidan ovunardi. Unga o'z onasidek qarar, mehr berardi.
Bugungi kun Soliha uchun zo'r o'tdi. Garchi yonida Solih akasi bo'lmasa ham, hamma uning ko'nglini olishga harakat qildi. Solihning o'rnini bildirishmadi. Solihaning ham sal ko'ngli yorishdi.

Davomi bor...

@SolihaQizlar2