Get Mystery Box with random crypto!

Kecha 'SMM alifbosi' kursimda master-maynd o'tkazdik. Master- | Sotuvchi storitelling

Kecha "SMM alifbosi" kursimda master-maynd o'tkazdik.

Master-maynd nima o'zi? Bu sodda til bilan aytganda pryamoy efir. Unda biron bir mavzuni tanlab, shu bo'yicha qimmatli bilimlarim bilan bo'lishaman. Masalan, kechagi mavzu "Qanday qilib topga chiqish mumkin? Bepul va pullik sirlari" edi.

Keyin esa o'quvchilarim hozirda qanday qiyinchiliklarga duch kelayotganini aytib, savollar berishadi. Har bir savolga javob berilmaguncha, efir davom etaveradi.

Aytgancha, bu format menga juda yoqdi! Chunki, darslarni ko'rish boshqa, bilimlarni aynan qanday qo'llashni bilish boshqa.

Kursni o'qiyotganda, "buni blogimda qanday qo'llasam bo'ladi?" degan savollar paydo bo'lmasligi uchun, bunday efirlar har bir keyingi infomahsulotlarimda bo'ladi.

Chunki men sizga yanada chuqurroq ta'lim berishga qaror qildim

Aytingchi, kurslarda o'qiganingizda sizda ham shunday muammolar bo'lganmi? Ideam sizga yoqdimi?

#otziv