Get Mystery Box with random crypto!

Doktoranturaga o'qishga qabul qilindim! Ehhe, bu javobni ko'r | Sotuvchi storitelling

Doktoranturaga o'qishga qabul qilindim!

Ehhe, bu javobni ko'rguncha qancha hayajonlandim-aa.

Ingliz tili imtihondan o'ta olmadim deb rosa siqildim, keyin qarasam B2 - 100 ball! olibman

Keyin esa mutaxassislik imtihonidan past ball oldim, atigi 60 deb yana bir siqildim Qarasam, o'qishga kirganlar ro'yxatida ikkinchi bo'lib turibman

Birinchi o'rindagi 162, men esa 160 ball olibman.

Eng qizig'i, konkurentlarim orasidan faqat menda B2 sertifikat ekan. Qolganlarda B1, A2, A1 ekan.

Albatta bu natijalar o'zidan-o'zi kelgani yo'q, buning ortida necha yillik ta'lim yotibdi...

#natija