Get Mystery Box with random crypto!

Janozangizdan bir soat o'tgach, Yig'i to'xtaydi. Oilangiz uyg | СОЛИХА АЁЛ🧕🧕🧕

Janozangizdan bir soat o'tgach,

Yig'i to'xtaydi.
Oilangiz uyga qaytadi va qarindoshlar bilan ovvora bo'ladi.
U vaqtda tanangiz yer bilan ilk bor uchrashadi.

Ikki soat o'tgach,

Ba'zilar janozangizga kelolmagani uchun mingta bahonalar bilan qo'ng'iroq qiladi.
U vaqtda uyingizdagi ba'zi insonlar dunyoga qaytadi, sport, biznes, siyosat haqida gaplasha boshlaydi.

Olti soat o'tgach,

Eng yaqin qarindoshlaringiz qoladi, qolganlar esa, o'z uylariga qaytib, ertangi kun rejasini tuzishni boshlaydi.

Yigirma to'rt soat o'tgach,

Ichki organlaringiz ilvillashni boshlaydi.
U vaqtda o'limingizdan behabar insonlar hali hamon telefoningizga xabar yuborishda davom etayotgan bo'ladi.

Uch kundan keyin,

Ish joyingizda, o'rningizga yangi ishchi nomzodlar bilan suhbatlar o'tkaziladi.
Bu vaqtda tanangiz ishib ko'pirishni boshlaydi.
Og'iz va burundan suyuqlik oqadi.

Besh kun o'tib,

Farzandlaringiz ishiga qaytadi.
Tanangiz esa, yashildan qizil rangga o'tadi, chunki organlaringizdagi qon chirishni boshlaydi.

Ikki haftadan so'ng,

Farzandlaringiz meros bo'lishish maqsadida advokat bilan uchrashadi, sizning tirnoq va tishlaringiz esa, to'kilib tushadi.

Bir yil o'tgach kimdir,

"Ohho shuncha vaqt o'tib ketibdi, kechagina yurgandi.." deydi.

O'n yilda keyin,

Do'stingz sizni faqat eski rasmda ko'rsagina eslaydi.
Tanangizdan qolgani esa, suyaklar xolos.

Bu hayotda mavjud ekaningizni unutish uchun juda qisqa muddat shunday emasmi?
Bugun siz mukkasidan ketgan narsalarga, qaram bo'lib qolgan insonlaringizga nazar soling.
Nima deb o'ylaysiz, arziydimi?

@soliha_ayollarga