Get Mystery Box with random crypto!

Shariatimizda farzlar ko‘p, lekin ota bobolarimiz quyidagi qir | СОЛИХА АЁЛ🧕🧕🧕

Shariatimizda farzlar ko‘p, lekin ota bobolarimiz quyidagi qirq farzni alohida muhim sanab, yosh avlodga yod oldirishgan. Musulmon kishi qirq farzni yaxshi bilib olishi va ularga muntazam amal qilishi lozim.

Farz nima ? Shariat qat’iy dalil bilan talab qilgan ish farz deyiladi. Farz amalni qilish har bir mo‘min musulmonga lozimdir. Uni bajargan kishi savob oladi, bajarmagan osiy bo‘lib, iqob – jazoga qoladi, inkor etgan odam esa kofir bo‘ladi.

QIRQ FARZ

Islomda beshta farz bor:
1. Iymon;
2. Namoz;
3. Ro‘za;
4. Zakot;
5. Haj.

Iymonda yettita farz bor:
1. Allohga ishonish;
2. Allohning farishtalariga ishonish;
3. Allohning kitoblariga ishonish;
4. Allohning payg‘ambarlariga ishonish;
5. Oxirat kuniga ishonish;
6. Qadarga – yaxshilik ham, yomonlik ham Alloh taoloning irodasi bilan bo‘lishiga ishonish;
7. O‘lgandan keyin qayta tirilishga ishonish.

Tahoratning farzlari to‘rtta:
1. Yuzni to‘la yuvish;
2. Qo‘llarni tirsaklar bilan qo‘shib yuvish;
3. Boshning to‘rtdan biriga mash tortish;
4. Oyoqlarni to‘pig‘i bilan qo‘shib yuvish.

Gʻuslning farzlari uchta:
1. Og‘izni g‘arg‘ara qilib chayish;
2. Burunni achishtirib chayish;
3. Badanning hamma joyiga suv yetkazib yuvish.

Tayammumning farzlari to‘rtta:
1. Niyat;
2. Pok tuproqni qasd qilish;
3. Ikki qo‘lni toza tuproqqa urib, yuzga surish.
4. Ikki qo‘lni tuproqqa urib, tirsak bilan surish

Namozning farzlari o‘n ikkita bo‘lib, oltitasi 
namoz tashqarisidadir, ular «namozning shartlari», deyiladi:
1. Badanning (junub, tahoratsizlik, hayz, nifosdan) pok bo‘lmog‘i;
2. Kiyimning pok bo‘lmog‘i va avratning to‘silmog‘i;
3. Namoz o‘rnining pok bo‘lmog‘i;
4. Namoz vaqtining kirmog‘i;
5. Qiblaga yuzlanib o‘qimoq;
6. Dildan (xolis) niyat qilmoq;

Oltitasi namoz ichida bo‘lib, ular «namozning ruknlari deyiladi:
1. Namozga takbiri tahrima bilan kirish;
2. Qiyom;
3. Qiroat;
4. Ruku’;
5. Sajda;
6. Qa’dai oxir.

Yana quyidagilar ham farzdir:
1. Ilm olish;
2. Amri ma’ruf va nahyi munkar;
3. Hayz va nifos ilmini bilish;
4. Rizqni halol yo‘l bilan topish;
5. Shariat halol deb belgilagan narsalarnigina yeyish.

"Mo‘minning me’roji"
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

@soliha_ayollarga