Get Mystery Box with random crypto!

Sojida Karimova

Telegram kanalining logotibi sojida_karimova — Sojida Karimova S
Telegram kanalining logotibi sojida_karimova — Sojida Karimova
Kanal manzili: @sojida_karimova
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5.37K
Kanalning ta’rifi

IELTS 8.0
TOEIC 980
Master at KNU
Graduated UZSWLU
Erasmus winner
ESN member
Married💍 B❤️S
Imran's Mom
Traveller 🇺🇿🇹🇷🇰🇷
Lives 🇰🇷
7 years of experience in teaching
IELTS online course: t.me/IELTS_with_Sojida
Group:t.me/Sojida_discuss

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-08-04 15:35:14 Kutganmidila, tayyormisizlar...

Yakshanba, 7-Avgust kuni soat 21:21 da "Inspired" deb nomlangan online seminarimga barcha ayol qizlarni taklif qilaman

Seminarda:

IELTSdan yuqori bal olish sirlari;
Tillarni o'rganishning ahamiyati va usullari;
Grantlar yutish;
Dunyoning top universitetlariga kirish;
Va shaxsiy tavsiyalar bilan birga "matvassa" bo'ladi.

Seminar narxi: 35 000

Bu pul sharoiti og'ir va ota-onasi yo'q bolalarning o'quv qurollari va maktab formasiga sarflanadi. Shuning uchun imkoniyatingiz bor bo'lsa, bu narxdan ko'proq yoki kamroq to'lasangiz ham bo'ladi. Qatnashishni juuda xohlasangiz lekin sharoitingiz bo'lmasa ham biz bilan bog'laning bo'sh joy qolsa, olamiz. Maqsad pul yig'ish emas

Beriladigan ma'lumot sifatli va manfaatli bo'ladi deb ishonaman
Xullas, kerakli narsaga ortiqcha reklama kerakmas.

Qatnashasizmiii...
@Sojida_Teacher_Manager ga yozing. Bu qiz men emasman O'zimga o'zim menejer demasdim, bolalarim.

@Sojida_Karimova
2.5K views12:35
Ochish/sharhlash
2022-08-04 11:27:59
Mashi qizga bitta Zulfiya mukofotini berilmasa bo'miydi

Manam yoshligimda shunaqa edim, ruscha gapiryapman deb to'qirdim ichimdan
@Sojida_Karimova
2.3K views08:27
Ochish/sharhlash
2022-08-02 09:10:22
Va men yoqdim...

Hammasini emas. Sevgi va mehrga to'la joylarini olib qoldim.

Men yo'qotgan odamlar, meni yo'qotgan odamlar. Men xafa qilgan va meni xafa qilganlar. Sevganlar va sevilganlar hammangizdan minnatdorman.

O'ylab qarasam, allaqachon hayotning yangi bosqichiga chiqibman. Endi yig'loq qizaloq emas, balki bir oilaning bekasi ekanman

Ha o'tmishdan kerakli darslarni oldim. Yozuvim yoqilsa ham, miyamdagi yozuvlar bor hali...

Bugundan boshlab, faqatgina baxtlar va shukronalar, sevgilar va kulgular kuni boshlanganini rasman E'LON QILAMAN
2.7K views06:10
Ochish/sharhlash
2022-08-02 08:43:57
8-sinfdan beri yozgan kundaliklarimni yoqib yubormoqchiman bugun. O'qisam, hammasi dard,alam, hasrat

Albatta yaxshi xotiralari ham ko'p. Bularni saqlaganim sari o'tmishni unutish qiyinlashadi menimcha.

Yoqaymi? Salkam 10 yillik yozuvlarim...

P.s Orqa fonda men qachoondir yaratgan orzularim...
2.4K viewsedited  05:43
Ochish/sharhlash
2022-08-02 07:29:39 Sevgiga ishonasizmi? Sevgi bormi?

Albatta bor. Sevgisiz bu dunyo bunday holga kelmasdi. Sevgi deganda yigit va qiz munosabatini o'zini tushunmang.

Oshpaz ovqat qilishni sevgani uchun yangi va shirin taomlar tayyorlaydi. Tikuvchi kasbini sevgani uchun go'zal kiyimlar yaraladi. Ustozlar kasbini sevgani uchun bolalarga bilim beradi. Olamda sevgi to'la. Oilalar sevgi bilan butun.

Va bu sevgilar orasida eng Buyugi- Allohning sevgisi bor. Alloh bizni sevmasa, duolarimiz ijobatini berarmidi? Alloh bizni sevmasa shunday go'zal suratda yaratarmidi? Gunohlarimizni yashirarmidi???

Sevgi bor. U har yerda. Uni ko'rish kerak xolos. "Sevgi yo'q" deydiganlar aslida sevilmaganlardir. Sevilmaganiga sabab esa o'zlari kimnidir boricha sevolmaganida...

Atrofingizdagi hammani, hamma narsani seving... Hech narsa xunik emas, hech kim xunik emas, hamma narsa eng go'zal suratda yaratilgan...

Seving, sevilasiz...
@Sojida_Karimova
2.6K viewsedited  04:29
Ochish/sharhlash