Get Mystery Box with random crypto!

@Ibratcampbot orqali “Ibrat” tillar oromgohiga roʻyxatdan oʻti | Sanjar's Blog

@Ibratcampbot orqali “Ibrat” tillar oromgohiga roʻyxatdan oʻtish boshlandi!

Bugun, 17-maydan boshlab “Ibrat” tillar oromgohiga @Ibratcampbot Telegram boti orqali roʻyxatdan oʻtish boshlandi. Arizalar qabuli 20-mayga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Oromgohda ilk mavsum ingliz tilidan boʻlib oʻtadi. Bunda 16 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan, ingliz tilida kamida B1 darajaga ega barcha yigit-qizlar roʻyxatdan oʻtib, ishtirok etishi mumkin.

Platformada testni boshlash tugmasini bosgandan soʻng, test ishlash uchun 20 daqiqa vaqt ajratiladi. Tanqidiy fikrlash (Critical thinking) savollari uchun umumiy 10 daqiqa vaqt berilgan boʻlib, 2 ta savolning har biriga 5 daqiqadan.

Test va suhbatdan eng yuqori natija koʻrsatgan yoshlar oromgohga qabul qilinadi. Oromgohning birinchi mavsumi joriy yilning 6-12-iyun sanasida;
Ikkinchi mavsum esa 13-19-iyun sanalarida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Oromgoh mutlaqo bepul!

Roʻyxatdan oʻting: @Ibratcampbot

@Sk_Sanjarsblog