Get Mystery Box with random crypto!

Grantlar va maslahatlar

Telegram kanalining logotibi siz_uchun_grantlar — Grantlar va maslahatlar G
Telegram kanalining logotibi siz_uchun_grantlar — Grantlar va maslahatlar
Kanal manzili: @siz_uchun_grantlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.61K
Kanalning ta’rifi

AQSh va dunyo bo'ylab turli ta'lim grantlari haqida ma'lumotlar va ularga hujjat topshirish bo'yicha maslahatlar.
Kanal muallifi: Behzod Mamadiev
Taklif va savollar uchun: @bmamadiev_bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2020-10-22 00:34:38 English Classes for Journalists

We invite all journalists interested in developing English language skills to apply for the “English Classes for Journalists” program. Through interactive online sessions, this free 6-month long course will expand your vocabulary, improve your grammar and increase your ability to read, write, and to develop news stories in English.

Classes will start on November 2, 2020.

To apply, please fill in the form: https://forms.gle/kikK2K3bMZR9QbKn6

Deadline to apply: October 27, 2020.

Participants who successfully complete the course will receive certificate of completion.

The participants should meet the following criteria:

- Be a practicing journalist;
- Have a high beginner level of English;
- Be available for sessions facilitated by a local English language instructor at 6 pm-7 pm on Monday and Thursday.

Eligible candidates will be invited to an online interview administered by the course instructor.

****

Ingliz tili darajasini oshirishga qiziqqan barcha jurnalistlarni "Jurnalistlar uchun ingliz tili darslari" dasturiga ariza topshrishga taklif qilamiz. Mazkur 6 oylik bepul interfaol onlayn mashg'ulotlar davomida siz ingliz tilida so'z boyligingizni oshirish, grammatikangizni yaxshilash, o'qish va yozish mahoratingizni rivojlantirish, yangiliklarni yorita olish qobiliyatini oshirish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

Darslar 2020-yil 2-noyabrdan boshlanadi.

Ro’yxatdan o’tish manzili: https://forms.gle/R3ZTxts5ptsRTGSEA

Arizani to'ldirish muhlati: 2020-yil 27-oktabr

Kursni muvaffaqiyatli tugatgan ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.

Ishtirokchilar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:

- Jurnalistika faoliyati bilan shug’ullanishi;
- Ingliz tili bo'yicha yaxshi boshlang'ich darajaga ega bo'lishi;
- Dushanba va payshanba kunlari soat 18.00 dan 19.00 gacha mahalliy ingliz tili o'qituvchisi tomonidan olib boriladigan mashg'ulotlarda ishtirok etishi.
Yuqoridagi talablarga javob beradigan nomzodlar kurs o'qituvchisi tomonidan o'tkaziladigan onlayn suhbatga taklif qilinadi.

@siz_uchun_grantlar
2.7K views21:34
Ochish/sharhlash
2020-10-18 19:02:44 AQSh universitetlariga PhD va magistratura boyicha o’qishga kirish va o’qish jarayoni (jonli muloqot)

AQShda shu yo'nalishlarda o'qigan va ishlayotgan ekspertlar bilan suhbat

Tomosha qiling:



@siz_uchun_grantlar
3.2K viewsedited  16:02
Ochish/sharhlash
2020-10-17 15:37:19
DIQQAT TANLOV!!!

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan -oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun va “O‘zbek tili bayrami” munosabati bilan vazirlik markaziy apparati xodimlari o‘rtasida “Insholar tanlovi” e’lon qilinadi.
Mavzu: “O‘zbek tili-mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyat!”
Insholar word dasturida 14 shrift, 1,5 intervalda, 4 betdan oshmagan miqdorda, o‘zbek tiliga asoslangan lotin alifbosida, murakkab reja asosida yozilishi talab etiladi.
Shuningdek, inshoda muallifning familyasi, ismi, sharifi, lavozimi hamda telefon raqami keltirib o‘tilishi so‘raladi.
Insholar -oktabr kuni soat 16:00 ga qadar (DJumanazarov@mf.uz) elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.
Eng yaxshi insho g‘oliblariga
1-o‘rin uchun PLANSHET
2-o‘rin uchun TELEVIZOR
3-o‘rin uchun “Reader book” topshiriladi.
Murojaat uchun:71-239-88-91

@siz_uchun_grantlar
3.5K viewsedited  12:37
Ochish/sharhlash
2020-10-10 19:52:15 Grin kartaga hujjat topshirish bo'yicha savollarga javoblar

Nyu-York shahridagi "MahallaUSA" tashkiloti vitse-prezidenti, huquqshunos Dilshod Zokirov bilan grin karta lotereya dasturiga hujjat topshirish bo'yicha suhbatlashdik.

Tomosha qiling:



Yoritilgan mavzular va savollar:

- Bu yilgi qabul tartibida o'zgarishlar bormi?
- Xorijga chiqish pasporti bo'lishi shartmi?
- Anketaga ism-familiya qanday yozilishi kerak, otasining ismi ham yozilishi kerakmi?
- Yutuq qanday aniqlanadi; yutish uchun anketani qachon va qayerda to'ldirishning ahamiyati bormi?
- Nega o'tgan yili grin karta dasturiga O'zbekistondan kam odam topshirdi?
- Yutuq chiqqan taqdirda ham, viza ololmaslikka nimalar sabab bo'lishi mumkin?
- Yutuq chiqqandan keyin nima nima qilish? Hujjatlarni tayyorlab topshirishni qachondan boshlash kerak?
- Grin karta yutganlarga AQSh hukumati yordam beradimi?
- AQShdan ish topish osonmi? Ingliz tilini bilmasdan turib ham ish topish mumkinmi?
- Grin kartani oilaviy yutganlar hammasi birga kelishi kerakmi yoki oila boshlig'i bir o'zi kelib, ish topib joylashib olgandan keyin boshqa ola a'zolarini olib kelsa bo'ladimi?

... va boshqa savollar.

@bmamadiev
2.5K views16:52
Ochish/sharhlash
2020-10-09 18:31:50
Application for the Fulbright Visiting Scholar Program is still ongoing!

The program offers three to five month grants to educators, scholars and experienced professionals to lecture and/or research, or explore best practices to curriculum development in the United States.

The deadline to apply is November 15, 2020.

If interested in this grant opportunity, join us next Wednesday October 14 at 7pm for a Zoom meeting that will answer all your questions about the program and its application process.

Register in advance for this meeting: https://bit.ly/36Ksvff

@siz_uchun_grantlar
2.6K viewsedited  15:31
Ochish/sharhlash
2020-10-07 19:07:53 Grin karta uchun qabul boshlandi

AQShda doimiy yashash huquqini beruvchi Grin karta lotereya dasturiga arizalarni qabul qilish boshlandi. Hujjat topshirish 2020-yil 10-noyabrgacha davom etadi.

Anketani topshirish manzili: https://dvprogram.state.gov

Ushbu dasturga hujjat topshirish mutlaqo bepul bo'lib, rasm va kerakli ma'lumotlar tayyor bo'lsa, anketani to'ldirish bir necha daqiqa vaqt oladi, xolos.

Bu yilgi lotereya natijalari 2021-yil 8-mayda e'lon qilinadi. G'olib bo'lganlar 2022-yil AQShga kelishi mumkin.

@siz_uchun_grantlar
3.7K viewsedited  16:07
Ochish/sharhlash
2020-10-01 16:35:11 #Motivation

Ўқинг ва яна ўқинг: ҳаммаси ўз қўлингизда!

Ман 4 ёшимда отадан етим қолганман. Она томондан бобом оддий мактабда олий тоифали химия ўқитувчиси эдилар. Ота ўрнига шу инсон оталик қилганлар.

Ҳатто бундан 15 йил олдин ҳам қишлоқда оловда пишириш учун 4 дона картошка ва китобни қўлтиққа қистириб, қўйларни далага ҳайдаб кетардим. Бугун Францияда ўқиган, дунёнинг 40га яқин давлатида бўлган, 100дан ортиқ иш ўрни яратган тадбиркорман.

Бугун Тошкент марказидаги бинонинг 10-этажидаги кабинетда туриб буни ёзиш жуда осон. Лекин, А нуқтадан Б нуқтага етиб келиш бунақа осон бўлмаган. Агар отадан етим қолганда ўқитувчи инсон қўлимдан тутмаганида балки кўплаб тенгдошларим каби бугун ман ҳам Россияда бўлар эдим.

Қишлоқда свит ўчганда печкадан ёниб турган газ оловини чиқариб ёки шам ёруғида дарс қилганларимни жуда яхши эслайман. Ҳар сафар устозларим, оддий қишлоқ ўқитувчилари манга ва ман кабиларга тўғри йўлни кўрсатишган.

Ўша кўпчилик сўнгги йилларда менсимай қўйган, мажбурий меҳнатга ҳам жалб этилган, озгина власт текканда босар тусарини билмай қолган амалдорлар зуғмига чидаб, рўзғоридан пул орттиролмай қийналган ўқитувчилар қаҳрамонларча бизни тарбиялашган.

Мен мактабга борганда пенсияга чиққан бобомнинг тарбияларини, илк ўқитувчи Раъно опа, мани француз тили ва маданиятига қизиқтирган устоз Жумаев, лицейдаги устозларим домла Ҳасанов, устоз Садриеваларни ўз ота-онамдек эслайман. Уларнинг берган тарбияси, уларнинг кўрсатган йўли ҳали-ҳануз ҳаётда манга ас қотмоқда.

Ўша қишлоқ мактабида ҳар бир ўқувчисини Университетда талаба қиламан, катта инсон тарбиялайман деган орзуда юрган ўқитувчилар ман учун ҳақиқий қаҳрамон. Улар шунчалик қаҳрамонки, биз шогирдлар йиллаб эсламасакда, биздан хафа бўлишмайди, шогирдим деб фахрланиб қўйишади, ҳар сафар кўрганда меҳр тўла кўзлар билан аразларсиз бизни кутиб олишади.

Ҳаммаларининг умрлари узоқ бўлсин. Уларнинг касби ҳақиқий энг шарафли касб. Байрам муборак азиз устозлар!

Фируз Аллаев

@siz_uchun_grantlar
4.3K viewsedited  13:35
Ochish/sharhlash
2020-09-23 16:36:45
New Speaking Club (online)

I am starting another Speaking Club (online course) this Tuesday (29 September) at 20:00.

Students will improve their speaking, listening skills and enlarge their worldview.

As a bonus, all my students will get FREE access to my brand new online Speaking Course too.

Timetable:
Tue/Thu/Sat - 18:30 - 20:00 (Tashkent time)

Monthly fee:
300,000 UZS (if you join today)
350,000 UZS (if you join later)

To register:
@AkmalAkbarov
or use this link:
http://onlinenglish.club/courseregister

Is it for you?
Students with Intermediate and higher level can study from any part of the world or Uzbekistan.
3.4K viewsedited  13:36
Ochish/sharhlash
2020-09-21 18:15:50 "Flex" dasturiga hujjat topshirish: batafsil ma'lumot

"Flex" dasturi asosida AQShda o'qigan vatandoshimiz Jamshid Jambulov bilan suhbatimiz boshlandi.

Tomosha qiling:



Suhbatda ariza topshirish tartibi, inshoni qanday yozish, intervyuda qanday savollar tushishi va Amerikada mezbon oilada yashash qanday bo'lishi haqida batafsil ma'lumot beriladi.

@siz_uchun_grantlar
6.7K viewsedited  15:15
Ochish/sharhlash
2020-09-21 04:12:32 "Flex" dasturiga hujjat topshirish bo'yicha Jamshid Jambulov bilan suhbatimiz 21-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:15 da "Youtube" kanalimizda efirga uzatiladi.

Videoni tomosha qilish manzili:



Kelgusida boshqa videolarimizdan xabardor bo'lib turish uchun kanalga obuna bo'lishni unutmang.

@siz_uchun_grantlar
3.2K viewsedited  01:12
Ochish/sharhlash