Get Mystery Box with random crypto!

Grantlar va maslahatlar

Telegram kanalining logotibi siz_uchun_grantlar — Grantlar va maslahatlar G
Telegram kanalining logotibi siz_uchun_grantlar — Grantlar va maslahatlar
Kanal manzili: @siz_uchun_grantlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.61K
Kanalning ta’rifi

AQSh va dunyo bo'ylab turli ta'lim grantlari haqida ma'lumotlar va ularga hujjat topshirish bo'yicha maslahatlar.
Kanal muallifi: Behzod Mamadiev
Taklif va savollar uchun: @bmamadiev_bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2021-05-31 16:14:45 #US #Master #PhD #fullscholarship

Stenford universitetida o’qish uchun grant

Dastur haqida: AQShning va dunyoning eng nufuzli oliy o’quv yurtlaridan biri bo’lgan Stenford universiteti “Knight-Hennessy Scholars” dasturi orqali 2022-2023-o'quv yili uchun magistratura va doktorantura darajalariga grant taqdim etadi. Topshirish mumkin bo’lgan sohalar cheklanmagan. Biznes boshqaruvi (MBA), huquqshunoslik (JD) va tibbiyot (MD) yo’nalishlari uchun ham grant beriladi.

Kim uchun: Bakalavr yoki magistraturani 2015-yil yoki undan keyin tamomlaganlar; so’nggi kursda o’qiyotganlar ham topshirishi mumkin.

Nechta o’rin: 90 ga yaqin

Grant miqdori: o’qish puli to’liq qoplanadi va oylik stipendiya, tibbiy sug’urta bilan ta’minlanadi

Ariza topshirish tartibi

MUHIM: Grant uchun ariza topshirishdan avval Stenford universitetining o’zingiz o’qishni xohlagan sohasiga alohida hujjat topshirishingiz kerak. Ya’ni, universitetga va grantga alohida-alohida hujjat topshiriladi.

Universitetdagi ta’lim dasturlari va ularga hujjat topshirish tartibi haqida batafsil SHU YERDAN ma’lumot olishingiz mumkin. Ariza topshirish muddati va talablar turli ta’lim yo’nalishlari uchun har xil bo’lishi mumkin.

Universitetga topshirish uchun umumiy talablar quyidagilardan iborat:

- Onlayn anketa to’ldirish;
- Diplom va baholar varaqasi nusxasi (notarial tarjima bilan);
- TOEFL va GRE/GMAT test natijalari (Ballar bo’yicha talablar o’quv dasturiga qarab har xil bo’lishi mumkin; aksariyatida minimum talab 100iBT yoki 600PBT; faqat MBA dasturiga IELTS topshirish mumkin);
- Ikkita tavsiyanoma;
- Insho (Motivation Letter/Statement of Purpose)

MUHIM: Universitetga hujjat topshirganingizdan keyin grant uchun alohida SHU YERDAN hujjat topshirasiz (qabul 1-avgustdan ochiladi; ungacha universitetga hujjatlarni tayyorlab topshirib qo'yishingzini tavsiya qilamiz).

Yuqoridagi hujjatlardan tashqari, grantga ariza topshirish davomida quyidagi savollarga ham javob yozishingiz kerak:

1. After graduating from Stanford, what are your immediate and long-term intentions? (150 word limit);
2. How will your Knight-Hennessy Scholars experience prepare you to realize your intentions? (150 word limit);
3. Please tell us eight improbable facts (things that are unlikely but true) about you. (150 word limit);
4. Please tell us when you: a) made someone proud of you, b) were most challenged, and c) did not meet expectations. (150 word limit combined).

Ariza topshirganingizdan keyin, agar sizga taklifnoma kelsa, saytga o’zingiz haqingizda maksimum ikki daqiqalik video yuklashingiz kerak. Bu sizning shaxsingizni aniqlash uchun kerak bo’ladi.

Grant uchun ariza topshirish muhlati: 2021-yil, 6-oktabr (Universitetga hujjat topshirish muhlati bundan erta bo’lishi mumkin)

Grant uchun ilk nomzodlar 2022-yil fevralda saralab olinadi va grant yutib olganlarning so’nggi ro’yxati 2022-yil aprel oyida e’lon qilinadi.

Batafsil ma’lumot: SHU YERDA
Grant arizasi namunasi: SHU YERDA

@siz_uchun_grantlar
6.3K views13:14
Ochish/sharhlash
2021-05-25 16:49:57 O'qing va dunyo kezing...

Litseyni bitirganimga 20 yil to’libdi. 20 yil oldin 25-may oqshomini qanday
nishonlaganimiz kechagidek esimda...

U davrlar dunyodagi eng ulkan orzuimiz Toshkentda o’zimiz xohlagan oliy o’quv yurtiga o’qishga kirish edi. Undan uyog’ini ko’ra olmagan edik...

Maktabni bitirib, haqiqiy hayot ostonasiga endi qadam qo’yayotgan yoshlarga eski bir postimni ulashmoqchiman... Shoyad,
ibrat bo’lsa...

Ukalar, singiljonlar!

O'qinglar, dunyo kezinglar. Sizlarni bundan nima to'sib turibdi? Pulingiz kammi? Repetitorga, til markaziga qatnashga mablag' yetishmayaptimi?

Busiz ham eplasa bo'ladi-ku. Miyangiz soppa-sog'mi? To'rt muchangiz salomatmi? Daftar-qalamingiz, yeyishga non-choyingiz, boshingizda boshpanangiz bormi? O'qish uchun yana nima kerak? Kitob bo'lsa kifoya-ku.

Men 90-yillarda, O'zbekistonda iqtisodiy qiyinchilikning eng og'ir pallalarida, qishloqda ulg'ayganman. Hashar yo'li bilan qurilgan 9 yillik maktabda o'qiganman. Keyinroq tuman markazidagi litseyga o'qishga o'tganman.

Qaysidir yili maktabga olib borish uchun hatto daftarim bo'lmagan. Oilamizda moddiy qiyinchilik juda qattiq bo'lgan shekilli, dadamga daftar olib bering, deb so'ramaganman ham. Chunki ortiqcha pul bo'lganda, albatta, olib bergan bo'lardi.

O'tgan yildan qolgan daftarlarning yozilmagan oppoq varaqlarini ajratib olib, ularni bir-biriga ustma-ust qo'yib, daftar yasaganman. Muqovasi daftarga o'xshasin deb ustini yashil yoki qizil qalam bilan bo'yab chiqqanman. Ruchka bilan muqovaning o'rtasiga 4-5 qator chiziq tortganman, dars nomini va ism-familiyamni yozish uchun. Varaqlarni bir-biriga igna-ip bilan tikib ulaganman... Bir yilni shu daftarlar bilan o'tkazganman...

Qish uchun paltom bo'lmagan. Bir yosh katta akam bilan bitta paltoni kiyardik. Men tushdan keyin 2-smenada o'qiganim uchun akamning maktabdan qaytishini kutardim. U kelishi bilan paltoni kiyib, o'qishga ketardim.

Xitoyning arzon dermantin etiklari bo'lardi. 1-2 hafta kiysangiz yorilib ketardi. Yirtilgan etik kiyishga rosa uyalardim. Akam ustiga boshqa charm qoplab, yoriqlari ko'rinmaydigan qilib qo'lda tikib bergan edi...

Maktabimizning kichkina kutubxonasi bo'lardi. Men o'qib chiqmagan badiiy kitobi qolmagan. Uyimda 20-30 tacha o'zimning kitoblarim bo'lardi. Ko'pi dadamniki. Ularning har birini kamida 2-3 martadan o'qib chiqqanman. Nega? Chunki o'qishga boshqa kitob topa olmaganman.

Rubob bo'yicha musiqa maktabiga qatnardim. Bir kuni maktabga borsam, zalning o'rtasida uyum-uyum kitoblar, minglab badiiy kitoblar yotibdi...

Bular qayerdan keldi??? Bilsam, qishlog'imiz kolxozining katta kutubxonasi bor ekan; shu kutubxona yopilibdi, ya'ni binosini olib boshqa qaysidir tashkilotga berishibdi. Kitoblarni qo'ygani joy topilmagani uchun musiqa maktabining zaliga olib kelib tashlashibdi... Qishlog'imizda shunday kutubxona bor ekan... Buni menga hech kim aytmagan, bunday kutubxona borligini bilmaganman... Shunaqa alam qilgan...

Afsus, endi bu kutubxona ham yo'q edi... Zalda uyulib yotgan kitoblarni keyin nima qilishgan, bilmayman, qayergadir olib ketishgan. Ulardan olib rosa o'qigim kelgan, ammo olishga, birovdan so'rashga uyalganman. Eslasam, haligacha ichim tirnaladi...

Bugun hamma narsam bor. Vashingtonda dunyoning eng ulkan Kongress kutubxonasi joylashgan. Shaharda ko'plab davlat kutubxonalari bor. Hammasidan foydalanish tekin. Borishga erinsam, "Kindle" readerimga internet orqali bir soniyada yuklab olaman. Ammo...

Bugun avvalgidek kitobxonligim yo'q. Bugun dangasaman. Ilgarigidek kitobga tashnalik, soatlab kitob o'qish yo'q. Nega? Nazarimda, odamda hashamat kuchaygan sari, qulaylik ortgan sari dangasaligi ham ortib boradi.

Bugun dunyoning istalgan burchagi bir qadam. Aqlli, ilmli, qaysdir sohaning bilimdoni bo'lgan odamlarga bugun hech qayerda chegara yo'q. Xohlang AQShda, xohlang Avstraliya yoki Yaponiyada o'qing, ishlang. Mutaxassis bo'lsangiz bas.

Hamma narsaga erishsa bo'ladi. O'zbekistonda tug'ilganingiz, o'zbekligingiz yoki qishloqda, dehqonning bolasi ekaningiz bunga aslo to'siq bo'la olmaydi. Hammasi o'zingizga bog'liq!

@siz_uchun_grantlar
7.9K viewsedited  13:49
Ochish/sharhlash
2021-05-18 13:53:23
ONLINE ENGLISH COURSE

Improve your English online with Diplomat Academy.

Why Diplomat Academy?

- Highly qualified & experienced teachers
- Modern textbooks (Headway 5th ed.)
- Premium Zoom app (lessons 1.5 hours)
- Strict quality assurance
- Offline midterm exams.

Admission is currently open for the following courses.

PRE-INT: Tue / Thu / Sat: 09: 00-10: 30
PRE-INT: Mon / Wed / Fri: 19: 00-20: 30
INTERM: Tue / Thu / Sat: 17: 30-19: 00
INTERM: Tue / Thu / Sat: 19: 00-20: 30
UPPER: Tue / Thu / Sat: 19: 00-20: 30

Students must be between 15 and 19 years old and located in Tashkent.

Course fees: 350K UZS (per month)

Enrollment: @diplomat_ac
Phone: +998949849889

Our Telegram channel: https://t.me/diplomatenglish

English placement test: https://forms.gle/yN3jw7xCr3Eaxue39
4.6K views10:53
Ochish/sharhlash
2021-05-15 17:52:32 "Global Korea Scholarship" dasturida qatnashadigan universitetlar va yo'nalishlar ro'yxati (ingliz tilida)

@siz_uchun_grantlar
4.9K views14:52
Ochish/sharhlash
2021-05-15 17:51:58 "Global Korea Scholarship" dasturiga topshirish uchun ariza va hujjatlar ro'yxati (ingliz tilida)

@siz_uchun_grantlar
4.8K views14:51
Ochish/sharhlash
2021-05-15 17:51:26 "Global Korea Scholarship" dasturiga hujjat topshirish yo'l-yo'riqlari bo'yicha batafsil qo'llanma (ingliz tilida)

@siz_uchun_grantlar
4.7K views14:51
Ochish/sharhlash
2021-05-15 17:48:32 "Global Korea Scholarship" dasturi bo'yicha batafsil ma'lumot:

https://www.studyinkorea.go.kr/en/sub/gks/allnew_invite.do

@siz_uchun_grantlar
4.3K viewsedited  14:48
Ochish/sharhlash
2021-05-15 17:04:58 Januniy Koreyada tahsil olayotgan Vohidjon Qahramonov bilan “Global Korea Scholarship” grant dasturi haqida o'tkazilgan suhbat

@siz_uchun_grantlar
4.1K viewsedited  14:04
Ochish/sharhlash
2021-05-15 17:04:46 Live stream finished (1 hour)
14:04
Ochish/sharhlash
2021-05-15 16:01:55 Live stream started
13:01
Ochish/sharhlash