Get Mystery Box with random crypto!

Siyosatshunoslik

Telegram kanalining logotibi siyosatshunoslik_1 — Siyosatshunoslik S
Telegram kanalining logotibi siyosatshunoslik_1 — Siyosatshunoslik
Kanal manzili: @siyosatshunoslik_1
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 920
Kanalning ta’rifi

- Tarixiy va zamonaviy siyosat olami. [siyosiy - yangilik, tahlil, iqtibos, faktlar].
- "If you don't do politics, politics will do you."
"Niven Postma"
Reklama uchun: https://t.me/siyosatshunoslik_2
@sh_sharobiddinov
@politic_uzbek

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-17 05:59:26
Rossiya, NATO, Ukraina va Yevropa Ittifoqi. Boʻlib oʻtgan voqealar qisqacha Tom va Jerry multfilmida tasvirlangan

@siyosatshunoslik_1
714 views02:59
Ochish/sharhlash
2022-08-16 20:51:42
Mashxur yozuvchi, koʻpchilik bilgan Erix From o'z asarida fashistlarning fuqaro tarbiyasi siyosati haqida shunday fikr yuritadi:

"Tarbiyaning maqsadi - individning o'z "men"ini qaror toptirmaslikka o'rgatishdir. Maktab o'quvchisi uni ishi uchun haqorat qilganlarida, sukut saqlashgagina emas, balki zarur bo'lsa, adolatsizliklarga sukut bilan chidashga ham o'rganishi kerak".

Boʻysunuvchan xalqni boshqarish doim ham oson boʻlgan. Lekin boʻysinuvchan xalqda yangiliklar boʻlmaydi, kashfiyotlar boʻlmaydi. Shunchaki ular boqimandalikka oʻrganadi. Doim davlatdan nimalarnidir kutib yashaydi. Bunday xalqda mustaqil fikrlash boʻlmaydi. Kim kuchli boʻlsa, qornini toʻygʻassa oʻshaning tarafida boʻladi.

Umuman olganda fashizm robotlar jamiyatini paydo qilishga harakat qilgan. Insoniyat tarixidagi eng katta manipulyatsiya jarayonlarini ham shu kabi davlatlarda kuzatish mumkin.

@siyosatshunoslik_1
908 views17:51
Ochish/sharhlash
2022-08-16 20:35:13 Nizomulmulk
Siyosatnoma

@siyosatshunoslik_1
588 views17:35
Ochish/sharhlash
2022-08-16 19:53:22
Liderlik va Rahbarlikning bir biridan farqi.

@siyosatshunoslik_1
740 views16:53
Ochish/sharhlash
2022-08-16 08:53:08 Umuman olganda zamonaviy jamiyatni tartibga solish va integratsiyalashuvi siyosiy hokimiyatning eng muhim funksiyalari bo'lib, ularning bajarilishi siyosiy organlarning siyosiy qarorlarni tasdiqlash va amalga oshirish uchun ommaning ongi va psixologiyasiga ta'sir qilish qobiliyatiga bog'liq. Bu esa fuqarolar ongi va psixologiyasining asosiy shakllari va darajalarini o‘rganish, bilish asosida ommaviy ongga g‘oyaviy-psixologik ta’sir ko‘rsatishni doimiy ravishda takomillashtirishni taqozo etadi.

Demak, manipulyatsiya deganda ijtimoiy psixologiyaga, inson ongi va instinktlariga maqsadli ta'sir ko'rsatish orqali xatti-harakatlarini boshqaradigan psixologik ta'sir turini tushunish mumkin.

Manipulyatsiya qilingan shaxsning shakllanishini belgilovchi yana bir muhim omil mavjud - bu soʻnggi asrlarga kelib jadal rivojlangan texnik taraqqiyot natijasida yuzaga kelgan yashash sharoitining yengillashganligi hisoblanadi. “Badavlat jamiyat” barcha odamlarga “xavfsiz” hayotni kafolatlaydi, lekin bu omil odamlarni "dangasa"likka moyilligini orttiradi. Odamlar mas'uliyat va tashabbusni yo'qotib, hukumat tomonidan inʼom etilgan imtiyozlardan bahramand bo'lib yashaydilar. Bu jamiyatda maqsad farovonlik asosiy istiqboliga aylanadi.

Manipulyatsiya uchun keng asoslar ommaviy ongda tanish, an'anaviy va g'ayrioddiy, innovatsiyalarning kombinatsiyasi bilan ta'minlanadi. Shu tufaygli ham an'analar, urf-odatlar, odatlarga murojaat qilish siyosiy hokimiyat barqarorligini saqlashga yordam beradi. Masalan sobiq Sovet Ittifoqida hukumat kapitalizmning muqarrar yemirilishi va kommunizmning mukammal, ideal jamiyat sifatida gʻalaba qozonishi, xususiy mulk ijtimoiy yovuzlik manbai sifatidagi koʻrilishi, yoki ishchilar sinfining yetakchi roli haqidagi afsonalardan keng foydalangan.

@siyosatshunoslik_1
532 views05:53
Ochish/sharhlash
2022-08-15 20:35:29
Siyosiy manipulyatsiya

Shaxslararo manipulyatsiyalardan farqli o'laroq, siyosiy manipulyatsiyalar shaxsiy emas va keng ommaga ta'sir qilishni o'z ichiga oladi. O'zlikning (hatto bir shaxsning ) yashirin shakldagi irodasi ko'pchilikka yuklanadi. Siyosiy manipulyatsiyaning asosiy vositalaridan biri tashviqotdir. Siyosiy manipulyatsiya texnologiyasi quyidagi fikrlarni o'z ichiga oladi:

a) ongga yashirin, ammo ma'lum guruhlar uchun kerakli mazmundagi ob'ektiv ma'lumotlar niqobi ostida kiritish;

b) qo'rquv , tashvish , nafrat va boshqalarni qo'zg'atadigan jamoatchilik ongining og'riqli nuqtalariga ta'sir qilish ;

c) muayyan rejalar va yashirin maqsadlarni amalga oshirish,yoki ularga erishishda kommunikant o'z pozitsiyasini jamoatchilik fikrini qo'llab-quvvatlash bilan bog'laydi.

@siyosatshunoslik_1
504 views17:35
Ochish/sharhlash
2022-08-15 16:45:04
AQSh federal sudi Adliya vazirligi ko'rsatmasi asosida sobiq prezident Donald Tramp uyidan tintuv paytida topilgan va olib ketilgan hujjatlar ro'yxatini e'lon qildi.

Ro'yxatning to'rtta joyida "Turli xil o'ta maxfiy hujjatlar" va yana uchta joyida "Turli xil maxfiy hujjatlar" borligini ko'rish mumkin.

Qonunga ko'ra, prezident Oq uyni tark etgandan keyin maxfiy hujjatlarni o'zi bilan olib ketishi mumkin emas.

Avvalroq AQSh Federal Qidiruv Byurosi sobiq prezident Donald Trampning Florida shtatidagi qarorgohida kutilmagan tintuv o'tkazgan edi. Trampning da'vo qilishicha, demokratlar uni siyosiy qarashlari tufayli ta'qib qilmoqda va keyingi prezidentlik saylovida qatnashmasligini istayapti.

Tintuv yuzasidan Tramp va respublikachilarning keskin noroziligi ortidan Adliya vazirligi tintuvga oid ma'lumotlarni jamoatchilikka oshkor qilishga qaror qildi.

Hozircha ushbu tintuv asosida biror jinoiy ish ochilmagan.

@siyosatshunoslik_1
493 views13:45
Ochish/sharhlash
2022-08-14 20:12:36
#iqtibos

Faqat davlatda fazilat va illatlarni o'lchash uchun universal tarozi mavjud. Va faqat har bir davlatning qonunlari bunday o'lchov bo'lib xizmat qilishi mumkin.

#Tomas_Hobs

@siyosatshunoslik_1
502 views17:12
Ochish/sharhlash