Get Mystery Box with random crypto!

Umuman olganda zamonaviy jamiyatni tartibga solish va integrat | Siyosatshunoslik

Umuman olganda zamonaviy jamiyatni tartibga solish va integratsiyalashuvi siyosiy hokimiyatning eng muhim funksiyalari bo'lib, ularning bajarilishi siyosiy organlarning siyosiy qarorlarni tasdiqlash va amalga oshirish uchun ommaning ongi va psixologiyasiga ta'sir qilish qobiliyatiga bog'liq. Bu esa fuqarolar ongi va psixologiyasining asosiy shakllari va darajalarini o‘rganish, bilish asosida ommaviy ongga g‘oyaviy-psixologik ta’sir ko‘rsatishni doimiy ravishda takomillashtirishni taqozo etadi.

Demak, manipulyatsiya deganda ijtimoiy psixologiyaga, inson ongi va instinktlariga maqsadli ta'sir ko'rsatish orqali xatti-harakatlarini boshqaradigan psixologik ta'sir turini tushunish mumkin.

Manipulyatsiya qilingan shaxsning shakllanishini belgilovchi yana bir muhim omil mavjud - bu soʻnggi asrlarga kelib jadal rivojlangan texnik taraqqiyot natijasida yuzaga kelgan yashash sharoitining yengillashganligi hisoblanadi. “Badavlat jamiyat” barcha odamlarga “xavfsiz” hayotni kafolatlaydi, lekin bu omil odamlarni "dangasa"likka moyilligini orttiradi. Odamlar mas'uliyat va tashabbusni yo'qotib, hukumat tomonidan inʼom etilgan imtiyozlardan bahramand bo'lib yashaydilar. Bu jamiyatda maqsad farovonlik asosiy istiqboliga aylanadi.

Manipulyatsiya uchun keng asoslar ommaviy ongda tanish, an'anaviy va g'ayrioddiy, innovatsiyalarning kombinatsiyasi bilan ta'minlanadi. Shu tufaygli ham an'analar, urf-odatlar, odatlarga murojaat qilish siyosiy hokimiyat barqarorligini saqlashga yordam beradi. Masalan sobiq Sovet Ittifoqida hukumat kapitalizmning muqarrar yemirilishi va kommunizmning mukammal, ideal jamiyat sifatida gʻalaba qozonishi, xususiy mulk ijtimoiy yovuzlik manbai sifatidagi koʻrilishi, yoki ishchilar sinfining yetakchi roli haqidagi afsonalardan keng foydalangan.

@siyosatshunoslik_1