Get Mystery Box with random crypto!

SIRDARYO YOSHLARI

Telegram kanalining logotibi sirdaryoyoshlariuz — SIRDARYO YOSHLARI S
Telegram kanalining logotibi sirdaryoyoshlariuz — SIRDARYO YOSHLARI
Kanal manzili: @sirdaryoyoshlariuz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.08K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿Sirdaryo viloyati yoshlarining rasmiy Telegram sahifasi.
✔️Eng so‘nggi ishonchli rasmiy xabarlarni bizni kanalda kuzatib boring.
Davlat tomonidan berilgan MK 001391-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritiladi.

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-23 07:25:46
O‘quv-seminar spikerlari bilan tanishing!

️ Xabar berganimizdek, 23-avgust kuni soat 10:00 da Yoshlar Press klubida ilmiy tadqiqot faoliyatini olib borayotgan yosh xotin-qizlar uchun o'quv-seminar bo‘lib o‘tadi.

Seminar spikerlari bilan quyida tanishishingiz mumkin:

1. Mavjuda Rajabova
- O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Akademiyasi yuridik fanlari doktori, professor;

2. Gulnoza Ismailova - Yuridik fanlari doktori, professor;

3. Gulsanam Ibragimova - Pedagogika fanlari doktori, professor;

4. Gulnoza Odilova - Filologiya fanlari doktori, dotsent;

5. Sayyora Saidova - Falsafa fanlari doktori, PhD.

6. Guli Ergasheva - Filologiya fanlari doktori,dotsent

Ma'lumot o‘rnida, o‘quv-seminarni Facebook orqali jonli kuzatishingiz mumkin!

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi • Instagram • Facebook • YouTube
36 views04:25
Ochish/sharhlash
2022-08-21 19:24:29
“Yashil makon”: 4 oy avval va bugun! Mehrimiz bilan bunyod etilgan yam-yashil va moʻjizaviy bogʻimiz.

#yashilmakon

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi • Instagram • Facebook • YouTube
211 views16:24
Ochish/sharhlash
2022-08-21 18:52:48
Joriy yilning 21-26 avgust kunlari futbol bo'yicha bo'lib o'tadigan "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgan Mirzaobod tumani "Bog'iston" mahallasi yoshlari bugun nuroniy va xoji bobolar duosi bilan poytaxtimiz Toshkentga shahriga viloyatimiz hamda Mirzaobod tumani sharafini munosib ximoya qilishlari uchun jo'nab ketishdi.

Barcha Mirzaobodlik yoshlarimizga viloyatimiz yoshlari nomidan omad tilab qolamiz.

@sirdaryoyoshlariuz
8.5K views15:52
Ochish/sharhlash
2022-08-20 18:12:07
Jahon chempionati sovrindori bo‘lgan boyovutlik sportchi taqdirlandi

Bolgariya davlatining Sofiya shahrida yoshlar va kattalar o‘rtasida sportning erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida boyovutlik Jafar Chulibayev bronza medali sohibi bo‘lgan edi.

Bugun Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, viloyat Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi rahbariyati hamda Yoshlar ishlari agentligi va Sportni rivojlantirish tuman bo‘limlari xodimlari sportchining xonadoniga tashrif buyurib, jahon chempionatidagi g‘alabasi bilan samimiy va qizg‘in qutladi.

Bu g‘alaba tengdoshlari va yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga, viloyatimizni jahonga tanitishga, barcha yurtdoshlarimizga g‘urur va iftixor bag‘ishlashiga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tildi hamda sportchiga tashakkurnoma va esdalik sovg‘asi taqdim etildi.

@sirdaryoyoshlariuz
488 viewsedited  15:12
Ochish/sharhlash
2022-08-18 19:44:18
Yoshlar ishlari agentligi Guliston shahar bo‘limi tomonidan joylarda yoshlar yetakchilari bilan hamkorlikda joriy o‘quv yilida Oliy ta’lim muassasalarini bitirgan va hozirda ishsiz bo‘lgan yoshlarni ishga joylashtirish choralari ko‘rilmoqda.


@sirdaryoyoshlariuz
576 views16:44
Ochish/sharhlash
2022-08-17 20:54:50
#Сирдарё_тумани

Mahalla yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan «Sirdaryo olimpiadasi» sport turlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi

Mini futbol bo‘yicha:

1-o‘rin «Yangiobod» MFY;
2-o‘rin «Beshbuloq» MFY;
3-o‘rin «Intilish» MFY jamoasiga nasib etdi.

Stritbol bo‘yicha:

1-o‘rin «Taraqqiyot» MFY;
2-o‘rin «Beshbuloq» MFY;
3-o‘rin «Dexqonobod» MFY jamoasiga nasib etdi.

Voleybol (qizlar) bo‘yicha:

1-o‘rin «Tinchlik» MFY;
2-o‘rin «Ahillik» MFY;
3-o‘rin «Turkiston» MFY jamoasiga nasib etdi.

Stol tennisi bo‘yicha:

1-o‘rin «Oqibat» MFY;
2-o‘rin «Paxtakor» MFY;
3-o‘rin «Tadbirkor» MFY yoshlariga nasib etdi.

Gʻoliblarga medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

@sirdaryoyoshlariuz
5.8K viewsedited  17:54
Ochish/sharhlash
2022-08-17 15:40:13 Ayni vaqtda Yoshlar ishlari agentligi tizimidagi mas’ullar ishtirokida quyidagi masalalar boʻyicha tanqidiy yigʻilishimiz boʻlib oʻtmoqda:

xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish;
“Bir million dasturchi” bo‘yicha iste’mol kreditlari foiz to‘lovlarini qoplash;
safarbarlik chaqiruv rezervi xizmati badal to‘lovi va haydovchilikka o‘qitish xarajatlarini qoplash;
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larining maqsadli sarflanishi.

Mazkur tanqidiy yigʻilishimiz Facebook sahifamizda toʻgʻridan toʻgʻri translyatsiya qilinmoqda. Tomosha qilish uchun: https://fb.watch/eYCeGpc8bH/

@alisher_sadullaev
330 views12:40
Ochish/sharhlash
2022-08-16 19:09:18
Yoshlar ishlari agentligi hududiy matbuot kotiblarining malakalarini oshirish maqsadida Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidagi "Yoshlar oromgohi"da o'quv-seminarlar tashkil etilmoqda.

1-kundan qisqacha videorolikni e'tiboringizga havola etaman!

@yoshlar_sirdaryo
4.8K views16:09
Ochish/sharhlash
2022-08-16 18:39:34
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan joriy yilning 15-20 avgust kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi "Yoshlar oromgohida" hududiy boshqarmalardagi Axborot va media bo’yicha faoliyat olib borayotgan matbuot kotiblari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

Media oromgoh haqida batafsil Yoshlar ovozi gazetasi orqali bilib olishingiz mumkin

http://yoshlarovozi.uz/oz/news/bilim-konikma-va-tajribalar-tutushgan-maskan

Telegram sahifamiz:
@yoshlar_sirdaryo
10.3K viewsedited  15:39
Ochish/sharhlash