Get Mystery Box with random crypto!

Jahon chempionati sovrindori bo‘lgan boyovutlik sportchi taqdi | SIRDARYO YOSHLARI

Jahon chempionati sovrindori bo‘lgan boyovutlik sportchi taqdirlandi

Bolgariya davlatining Sofiya shahrida yoshlar va kattalar o‘rtasida sportning erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida boyovutlik Jafar Chulibayev bronza medali sohibi bo‘lgan edi.

Bugun Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, viloyat Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi rahbariyati hamda Yoshlar ishlari agentligi va Sportni rivojlantirish tuman bo‘limlari xodimlari sportchining xonadoniga tashrif buyurib, jahon chempionatidagi g‘alabasi bilan samimiy va qizg‘in qutladi.

Bu g‘alaba tengdoshlari va yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga, viloyatimizni jahonga tanitishga, barcha yurtdoshlarimizga g‘urur va iftixor bag‘ishlashiga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tildi hamda sportchiga tashakkurnoma va esdalik sovg‘asi taqdim etildi.

@sirdaryoyoshlariuz