Get Mystery Box with random crypto!

Guliston shahridagi umumtaʼlim maktablarida soʻnggi qoʻngʻiroq | Sirdaryo | Onlayn

Guliston shahridagi umumtaʼlim maktablarida soʻnggi qoʻngʻiroq tadbirlari oʻtkazildi

Bugun 25-may kuni barcha umumtaʼlim maktablarida «Soʻnggi qoʻngʻiroq» tadbirlari boʻlib oʻtdi. Guliston shahri 6-sonli umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan tadbirda shahar hokimi o'rinbosari Laziz Ahmedov ishtirok etib, bitiruvchilarga Prezident Shavkat Mirziyoyevning bayram tabrigini oʻqib eshittirdi .

Oʻquv yili davomida eng yaxshi natijalarni koʻrsatgan o'qituvchi va oʻquvchilarga faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi. Oʻquvchilar tomonidan sheʼrlar, kuy-qoʻshiqlar va badiiy sahna koʻrinishlari namoyish etildi.

@SirdaryoOnlayn