Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbekiston bojxona postlarida meva-sabzavot ortilgan yuk mash | Sirdaryo | Onlayn

Oʻzbekiston bojxona postlarida meva-sabzavot ortilgan yuk mashinalari uchun alohida yoʻlaklar tashkil etiladi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi maʼlumotiga koʻra, bunda tez buziluvchan meva-sabzavot mahsulotlari (piyoz, karam, gilos, oʻrik va boshqalar) ortilgan transport vositalarini ushbu yoʻlaklarga yoʻnaltirishda ustuvorlik taʼminlanadi.

Eksportga yoʻnaltirilayotgan tez buziluvchan meva-sabzavot mahsulotlari ortilgan transport vositalariga xalqaro standartlarga mos boʻlgan farqlash belgisini (avtotransport vositasining old oyna oʻng tomoniga) oʻrnatish tavsiya qilinadi.

Bu chegara bojxona postlarida ushbu transport vositalarini alohida yoʻlakka yoʻnaltirishda muhim rol oʻynaydi.

@SirdaryoOnlayn