Get Mystery Box with random crypto!

Noqonuniy qurilmalar bo'yicha o'rganish ishlari davom etmoqda | Sirdaryo | Onlayn

Noqonuniy qurilmalar bo'yicha o'rganish ishlari davom etmoqda

Guliston shahrining «Bog'ishamol» MFY hududidagi ko'p qavatli uylarning birinchi qavatida joylashgan noturar-joy binolarini shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga zid ravishda binolar konstruktsiyasiga ta'sir ko'rsatuvchi o'zgarishlar kiritib, foydalanib kelayotgan 11 ta noqonuniy obyekt aniqlandi.

Xususan, MJtKning 159-moddasiga asosan «UZ-DAEWOO» va «RANO» savdo do'konlarining ichki devorlariga hech qanday ruxsat (texnik xulosa) olmay turib, o'zboshimchalik bilan oynalarning tag qismi buzilib, o'rniga eshiklar o'rnatilganligi sababli tadbirkorga nisbatan eng kam ish haqining 20 baravari (6 mln 800 ming), «Avto ehtiyot qismlari» savdo do'koni egasiga esa eng kam ish haqining 10 baravari (3 mln 400 ming) miqdorida jarima qo'llanildi.

O'rganish davomida qolgan 8 ta noqonuniy qurilma uchun tadbirkorlarga belgilangan tartibda ogohlantirish xatlari berildi. Qolgan holatlar yuzasidan o'rganish ishlari olib borilmoqda.