Get Mystery Box with random crypto!

SIRDARYO VILOYATI PEDAGOGIKA MARKAZI

Telegram kanalining logotibi sirdaryomilliymarkaz — SIRDARYO VILOYATI PEDAGOGIKA MARKAZI S
Telegram kanalining logotibi sirdaryomilliymarkaz — SIRDARYO VILOYATI PEDAGOGIKA MARKAZI
Kanal manzili: @sirdaryomilliymarkaz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.74K
Kanalning ta’rifi

Sirdaryo viloyati PYMO'MM
Bizning youtube kanalimiz
https://www.youtube.com/channel/UCjOmnRRrcdAPjrV_8zys2Tg
Facebookdagi kanalimiz
https://www.facebook.com/SirdaryoPedagogikaMarkazi/
Website: https://sirdaryomoi.uz/

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

3

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-07-19 07:38:25 #Хушхабар

Хитойда ўтказилган Халқаро кимё олимпиадасида ўзбекистонлик ўқувчилар 4 та кумуш медални қўлга киритди

Хитой давлатида масофавий тарзда ўтказилган 54-Халқаро кимё олимпиадаси ўз ниҳоясига етди. Дунёнинг 80 та давлатидан 320 нафар ўқувчи иштирок этган мазкур нуфузли олимпиадада ўзбекистонлик ўқувчилар 4 та кумуш медални қўлга киритди.

Халқаро олимпиаданинг ёпилиш маросими масофавий тарзда Олимпиаданинг махсус платформасида бўлиб ўтди.

Ғолиблар билан танишинг:

Мафтуна Бадалова
- Абу Али ибн Сино номидаги ёш биологлар ва кимёгарлар ихтисослаштирилган мактаб-интернатининг 11-синф ўқувчиси;

Азимжон Жамолов - Абу Али ибн Сино номидаги ёш биологлар ва кимёгарлар ихтисослаштирилган мактаб-интернатининг 11-синф ўқувчиси;

Икромиддин Боймаҳаммадов - Абу Али ибн Сино номидаги ёш биологлар ва кимёгарлар ихтисослаштирилган мактаб-интернатининг 11-синф ўқувчиси;

Шерзод Шайматов - Навоий вилояти, Навоий шаҳридаги 11-АФЧЎИМнинг 11-синф ўқувчиси.

Кумуш медални қўлга киритган ғолиб ўқувчиларга 90 млн. сўм, ўқитувчиларига – 75 млн. сўмдан пул мукофотлари топширилади.

Медаль соҳиблари олий таълим муассасасига тест синовларисиз, давлат гранти асосида қабул қилинади.

Халқ таълими вазирлиги мазкур ғалаба билан ўқувчиларимиз, уларнинг устозлари ҳамда ота-оналарини самимий муборакбод этади.
218 views04:38
Ochish/sharhlash
2022-07-19 07:38:25
Кеча тунги соат 3 ларда олимпиадачи биолог ўқувчиларимизни ҳам кутиб олинди.

Арманистон пойтахти Ереван шаҳрида бўлиб ўтган 33-халқаро биология олимпиадасида қатнашиб қайтган ўқувчиларимизни тантанали кутиб олиш маросими бўлиб ўтди.

Ўқувчиларимиз илк бор ҳам назарий, ҳам амалий бўлган олимпиадада юртимиз шарафини муносиб химоя қилиб бронза медални туҳфа этдилар.

Олимпиадачиларимизни Халқ таълими вазири биринчи ўринбосари Усмонжон Шарифхўжаев кутиб олишди.

Ўқувчиларимиз ва устозларини яна бир бор табриклаймиз, омад ҳамиша ёр бўлсин!

@domlajon
303 views04:38
Ochish/sharhlash
2022-07-18 16:10:42
Toshkent shahrida Xalq taʼlimi vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi, Birlashgan millatlar tashkilotining bolalar jamgʻarmasi (UNICEF), A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti hamkorligida13-16 iyul kunlari "Umumiy o‘rta ta'limning milliy o‘quv dasturi asosida tabiiy fanlar (Science)ni maktabida sifatli o‘qitish maqsadida o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha trening kurslari tashkil etilgan edi. Mazkur kursda Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazining kafedra katta o‘qituvchilaridan Sh.Boychayeva hamda U.Begmatovalar kursni muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikat sohibi bo‘lishdi.

SERTIFIKAT MUBORAK AZIZ USTOZLAR!!!
392 views13:10
Ochish/sharhlash
2022-07-18 11:24:08
"Do‘ppim bilan jahon minbarlariga chiqaman..."

"O'zbekiston 24"da namoyish etiladigan "Tafsilot" ko'rsatuvining bu galgi qahramoni "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti sohibi, "Yosh kitobxon" tanlovining Respublika bosqichi g‘olibi - "Prezident sovg‘asi" sovrindori, Guliston davlat universiteti talabasi, sirdaryoliklar vakili Yorqinjon Hayitboyev bo‘ldi.

Ko'rsatuv davomida Yorqinjonning samimiy fikrlari, ota-onasining duosi, she'rlari, Prezidentimizning mukofot topshirish jarayonida unga aytgan gaplari haqida boxabar bo‘lish bilan birga uning birinchi ustozi Rohatoy Valiyeva, qo‘shnisi Diyora Risboyevalarning fikrlari bilan ham tanishasiz.

Sirdaryoliklarning markaziy telekanallarda e'tirof etilishi bizni quvontiradi.

Olg‘a O‘zbekiston - bos Sirdaryo.

yoshlaragentligisirdaryo
333 views08:24
Ochish/sharhlash
2022-07-18 11:23:55
FONETIKA BO'LIMI, UNLI VA UNDOSH TOVUSHLAR TASNIFIGA OID TEST SAVOLLARI TAHLILI.

LABLANGAN VA LABLANMAGAN UNLILIARNI QANDAY AJRATAMIZ?
TOVUSHNING PORTLOVCHI YOKI SIRG`ALUVCHILIGI UNING QANDAY BELGISI SANALADI?
SHU VA SHU KABI SAVOLLAR TAHLILINI VIDEO ORQALI BILIB OLING VA BILIMINGIZNI MUSTAHKAMLANG .....
BATAFSIL QUYIDAGI VIDEODAN BILIB OLING.

VIDEONI KO'RISH UCHUN BU YERNI BOSING!!!




BIZ BILAN BILIMDA, KASBDA VA RUHIYATDA YUKSAKLIKKA ERISHASIZ!
317 views08:23
Ochish/sharhlash
2022-07-18 10:55:17
Табиий фан (Science)ни мактабда сифатли ўқитиш бўйича тайёрланган 50 нафар тренерга сертификатлар топширилди

Халқ таълими вазирлигининг А.Авлоний номидаги миллий-тадқиқот институти томонидан ҳамкор ташкилотлар билан биргаликда 14-16- июль кунлари ташкил этилган Табиий фан бўйича тренерлар тайёрлаш ўқув семинари якунига етди.

Ўқув семинарини тугатган 50 нафар мутахассислар ҳудудларда ўз ишини давом эттириб, "Science"ни мактабда сифатли ўқитиш бўйича ўқитувчилар учун ташкил этилган ўқув курсларида тренерлик қиладилар.

Тез кунда Сиз кутган Табиий фан (Science) бўйича А.Авлоний номидаги миллий-тадқиқот институтининг Узлуксиз касбий таълим электрон платформасида малака ошириш курслари бошланади.

Бу тўғрида институтнинг ижтимоий тармоқдаги расмий саҳифалари орқали эълон берилади.

А.Авлоний номидаги миллий -тадқиқот институтининг расмий саҳифаларини кузатиб боринг

Telegram |Facebook |Website|YouTube
363 views07:55
Ochish/sharhlash
2022-07-18 10:48:07
SIRDARYO MILLIY MARKAZNING YANA BIR YUTUG‘I

Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazining Uzluksiz kasbiy ta'limni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Nasiba Yunusmetova "Tashabbuskor islohotchi" Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanloviga taqdim etilgan ilmiy ishlari ilmiy kengash tomonidan tasdiqlanib, "Tashabbuskor islohotchi" esdalik nishoni hamda esdalik nishon belgisi, guvohnoma, sertifikat, diplom, tashakkurnomalar elektron holatda va qimmatbaho sovg‘alar berilishi nazarda tutilgan.

Izlanuvchan, tashabbuskor Nasiba Yunusmetovaga ilmiy-ijodiy ishlariga zafarlar tilaymiz!

416 viewsedited  07:48
Ochish/sharhlash
2022-07-18 10:46:22
TABRIKLAYMIZ

Ta'lim sohasida uzoq yillardan buyon rahbar lavozimlarida ishlab kelgan, hozirgi kunda Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi direktori Pedagogika fanlari nomzodi, dotsenti Barno Nazarova ham o‘z ustida tinimsiz ishlaydi, qolaversa, ommaviy axborot vositalarida ham muntazam ravishda chiqishlar qilib turadi.

Shuningdek, Xalqaro va Respublika miqyosidagi konferensiyalarda ham ishtirok etib kelmoqdalar. Yaqinda Xalqaro ko'p tarmoqli tadqiqot jurnalida "Fan va texnologiya" nashriyoti maqolalari chop etilib, yana bir sertifikatni qo'lga kiritdilar.

Sizning mashaqqatli mehnatingiz o'z samarasini berdi. Biz siz bilan faxrlanamiz!!!
317 viewsedited  07:46
Ochish/sharhlash
2022-07-18 08:50:07
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#ixtisoslashtirilgan_maktab

O'QUVCHILARIMIZ – ''EL-YURT UMIDI'' JAMG'ARMASIDAN STIPENDIYA G'OLIBLARI!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari ''El-yurt umidi'' jamg'armasidan stipendiya g'oliblari bo'lishdi.

Maktabning bitiruvchi sinf o'quvchisi Gulbahor Nortojiyeva Amerikaning George Meyson universitetida o'qish uchun ''El-yurt umidi'' jamg'armasi tomonidan yiliga 37,000 dollar;

Erkinjon Umarov esa Amerikaning University of Arizona universitetida tahsil olish uchun 22,000 dollar grant yutib olishdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
330 views05:50
Ochish/sharhlash
2022-07-17 19:14:54
ZIYORATLAR DARGOHIDA QABUL BO‘LSIN

Xoʼjamushkent ota. Bu nomning oʼzida adadsiz xislat, ming bir taxayyul namoyon.

Tarixiy manbalarda tez-tez uchrab turadigan Xoʼjamushkent ota ziyoratgohi Jizzax viloyatining Yangiobod tumanida joylashgan bo‘lib, bu maskanda goʼzal joylar va ajoyib afsonalar juda koʼp.

2022-yil 17-iyul kuni Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazining kasaba uyushma raisi Nurali Hatamov tashkilotchiligida jamoa a'zolari bilan Xo‘jamishkent ziyoratgohiga tashrif buyurishdi. Tashrif chog‘ida bir qancha joylarni ziyorat qilishdi.

Ziyorat hammaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Ushbu ziyorat qalbingizning mehvariga bir tutam nur ilohiy shuur tutashsa, ruhingiz tozalansa, yengillashsangiz, bunda yotgan ulugʼ zotlarning sizga nazar solgani, roʼyxush bergan hisoblanadi.

Bugungi bajarilgan ezgu amallaringiz o‘z dargohida qabul bo‘lsin, hurmatli jamoam.
Sirdaryo viloyati milliy markaz direktori pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Barno Nazarova
430 views16:14
Ochish/sharhlash