Get Mystery Box with random crypto!

SIRDARYO VILOYATI PEDAGOGIKA MARKAZI

Telegram kanalining logotibi sirdaryomilliymarkaz — SIRDARYO VILOYATI PEDAGOGIKA MARKAZI S
Telegram kanalining logotibi sirdaryomilliymarkaz — SIRDARYO VILOYATI PEDAGOGIKA MARKAZI
Kanal manzili: @sirdaryomilliymarkaz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.74K
Kanalning ta’rifi

Sirdaryo viloyati PYMO'MM
Bizning youtube kanalimiz
https://www.youtube.com/channel/UCjOmnRRrcdAPjrV_8zys2Tg
Facebookdagi kanalimiz
https://www.facebook.com/SirdaryoPedagogikaMarkazi/
Website: https://sirdaryomoi.uz/

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

3

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-30 09:14:49 Мукофот муборак, азиз устозлар!

Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармонига асосан юртимиз мустақиллигининг 31 йиллиги муносабати билан фан, таълим, соғлиқни сақлаш, спорт, адабиёт, маданият, санъат соҳалари ва оммавий ахборот воситалари ходимларидан бир гуруҳи мукофотланди.

Хусусан, юртдошларимиз Ватанимиз мустақиллигини мустаҳкамлаш, Янги Ўзбекистонни барпо этиш йўлида амалга оширилаётган ислоҳотларга қўшган муносиб ҳиссаси, ўзининг ёрқин истеъдоди, кенг қамровли ижодий, илмий-амалий фаолияти билан халқимиз маънавиятини юксалтириш, мамлакатимизда илм-фан, таълим, спорт, маданият ва санъат соҳаларини ривожлантириш, ёшларимизни она юртга чексиз муҳаббат ва садоқат, умуминсоний қадриятларга ҳурмат руҳида тарбиялаш йўлидаги самарали хизматлари ҳамда жамоат ишларидаги фаол иштироки учун фахрий унвонлар билан тақдирланди.

Мукофотланганлар орасида Халқ таълими тизимида фаолият юритаётган педагоглар ҳам борлиги қувонарли ҳол. Жумладан:

«Меҳнат шуҳрати» ордени билан

Абдуллаев Рамазон Бобомуродович
- Бойсун туманидаги 53-умумий ўрта таълим мактабининг бошланғич синф ўқитувчиси, Сурхондарё вилояти

Искандаров Бўри - Касби туманидаги 2-умумий ўрта таълим мактабининг математика фани ўқитувчиси, Қашқадарё вилояти

«Дўстлик» ордени билан

Астафурова Наталья Константиновна
- Янгиер шаҳридаги «Баркамол авлод» болалар мактаби директори, Сирдарё вилояти

Азаматова Карима Набиевна - Гулистон шаҳар кўзи ожизлар маданият марказининг Брайл ёзуви бўйича тўгарак раҳбари, Сирдарё вилояти

Темиров Амиржон Бобоавезович - Сўх туманидаги 29-умумий ўрта таълим мактаби директори, Фарғона вилояти

II даражали «Соғлом авлод учун» ордени билан

Салимова Нигора Абдулкаримовна
- Учтепа туманидаги 107-ихтисослаштирилган умумий ўрта таълим мактаби директори, Тошкент шаҳри

«Соғлом турмуш» медали билан

Баратова Шаҳзода Абдуллажоновна
- Косонсой туманидаги 33-умумий ўрта таълим мактабининг жисмоний тарбия фани ўқитувчиси, Наманган вилояти

«Шуҳрат» медали билан

Алимова Нигора Исраиловна -
Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги ҳузуридаги «Меҳрли мактаб» давлат таълим муассасаси директори

Раимова Феруза Баходиржоновна - Тошкент шаҳридаги «Мурувват» ногиронлиги бўлган болалар учун 1-интернат-уйи тарбиячиси.

Халқ таълими вазирлиги жамоаси барча педагогларни ушбу юксак мукофотлар билан самимий муборакбод этади!
295 views06:14
Ochish/sharhlash
2022-08-29 16:24:04
Ҳудудий миллий марказлар фаолиятини такомиллаштиришда Сингапурлик таълим экспертлари жалб этилиши режалаштирилмоқда

А.Авлоний номидаги миллий-тадқиқот институти раҳбари Сингапурнинг “Six Clouds Pte. Ltd.” компанияси раҳбарияти билан учрашув ўтказди.

Бу учрашувдан кўзлаган асосий мақсад Халқ таълимимни ривожлантиришда Сингапур таълим тизими тажрибасини қўллашдир.

Суҳбат давомида Сингапурлик экспертлар томонидан ишлаб чиқилган стратегик режа кўриб чиқилди.

Шунингдек, томонлар ўртасида келишилган режаларни молиялаштириш учун халқаро донорлик ташкилотларни жалб қилиш ҳамда Сингапурлик таълим экспертларини Сирдарё вилояти педагогларни янги методикаларга ўргатиш миллий марказига жалб этиш бўйича муҳокама олиб борилди.

Миллий-тадқиқот институтининг расмий саҳифаларини кузатишда давом этинг!
Telegram |Facebook |Website|YouTube
375 views13:24
Ochish/sharhlash
2022-08-29 15:02:27 Ustozlar Milliy forumi taqdimotlari

Til va adabiyot sho'basi:
Tilni oʻqitishda kommunikativ yondashuv (Barno Tursunaliyeva);
Yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari (Klaraxon Mavlonova);
Adabiyot fani orqali ijodkorlik ko'nikmalarini rivojlantirish (Xurshid Ibrohimov);
Til ta’limida mantiqiy mushohadaning o‘rni (Mansur Siddiqov);
Adabiyot hayot darsligi (Zulxumor Mirzayeva);
Ona tili darslarida o‘qib tushunish malakasini rivojlantirish (Iroda Azimova);
O'zbek tili darslarida baholash strategiyalari (Dilafro‘z Xidoyatova);
O'zbek tilini davlat tili sifatida o'qitishda zamonaviy usul va yondashuvlar (Dilafro‘z Xidoyatova);
O'zbek tili darslarida hayotiy ko'nikmalarni rivojlantirish (Iroda Bakirova, Fayoza Raxmatova);

Boshlang'ich ta'lim sho'basi:
Boshlang‘ich ta’lim meto dikasida zamonaviy yondashuvlar va tajribalar( Muzaffar Shirinov, Nilufar Xamedova);
Ona tili va o‘qish savodxonligi fani orqali o‘quvchilarda ijodkorlikni rivojlantirish metodlari (Shokir Tursun);
Bolalar tilni qanday o‘zlashtiradi? (Shokir Tursun);
Baholashning ta’lim jarayoniga ta’siri (Oysuluv Musurmonqulova, Azizbek Xudoyberdiyev);
Kelajak o'qituvchisi kim va u qanday ko'nikmalarga ega bo'lishi kerak? (Zamira Sangirova, Nodirabonu Muminova, Zebo Tillayeva);

Aniq fanlar sho'basi:
О‘quvchilarda tanqidiy fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirish (Xolmirza Yusupov, Abbos Akmalov);
Matematika fanini o‘qitishda ilg‘or xoriy tajribalar (Ra’no Hamrayeva, Xolmirza Yusupov);
Raqamli dunyo uchun kerakli ko‘nikmalar (Arabboy Abdullajonov, Muattar Tilovova);

Amaliy fanlar sho'basi:
Arxitektura muhitida graffiti kompozitsiyasi (amaliy loyiha) (Sаkinа Muxаmedjаnovа);
Ranglar jilosida: flyuid ­art, pop-art yo‘nalishi (Dilnoza Mirxakimova);
Texnika asrida robototexnika (Oʻktam Toxirov);
Texnologiyada zamonaviy loyiha ishlari (Fatima Nasrullayeva);

Chet tillari sho'basi:
Boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitish metodikasi (Dostonbek Siddiqov);
Chet tillari orqali o‘quvchilarda madaniy xabardorlik ko‘nikmasini rivojlantirish (Dilfuza Yusupova);
Chet tillari bo'yicha Milliy o'quv dasturi va yangi darsliklarda kompetensiyaga o'rgatish (Guliston Jo'rayeva);
Maktablar uchun zamonaviy ta’lim resurslari (Azima Toyirova);

Tabiiy fanlar sho'basi:
Biologiya darslarida innovatsion o‘qitish usullari (Zebo Tillayeva, Ma’mura Umaraliyeva);
O‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishda fanlararo integratsiya (Jahongir Ismatov);
Kelajak o‘qituvchisi kim va u qanday ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak? (Zamira Sangirova);
Tabiiy fanlar vositasida o‘quvchilarda tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish (Dilnoza Hasanova, Esongul Nazaraliyeva);
Tabiiy fanlarni o‘qitishda barqaror rivojlanish (Baxtiyor Sheraliyev);
Ta’limda STEM yondashuvi (Dilek Erduran Avci).

Ijtimoiy fanlar sho'basi:
Yaponiyada huquqiy fanlarning o‘qitilish tajribasi o‘qitilish tajribasi (Axadjon Xakimov, Oybek Shernayev);
Tarbiyada diniy bag‘rikenglik va vijdon erkinligi tamoyillari: diniy qadriyatlarning o‘qitilishi (Nargiza Ismatova);
Tarix fani orqali tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantirish (Nurhayot Xakimov, Akbar Zamonov);
Tarbiya fani orqali hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish (Saodat Shermuhamedova, Saodat Akkulova);

Direktorlar sho'basi:
Zamonaviy dunyoda maktab direktorining qiyofasi; XXI asrda zamonaviy maktab muhitini tashkil etish (Bill Kralovek);
Maktabda ta’lim sifatini oshirish: maktab direktorlari e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan jihatlar (Feruza Vahobova).

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
308 views12:02
Ochish/sharhlash
2022-08-28 18:57:28 http://t.me/joinchat/UthvxcGuRTIyMjZi
409 views15:57
Ochish/sharhlash
2022-08-28 18:57:11 https://t.me/sirdaryomilliymarkaz
366 views15:57
Ochish/sharhlash
2022-08-28 18:56:50 https://t.me/b_saidov_uzedu
309 views15:56
Ochish/sharhlash
2022-07-21 13:36:12
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hay'at yig'ilishining 2022-yil
8-iyuldagi 2-son bayoni 10-bandida uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimining joriy etilishida tuman (shahar) xalq ta'limi bo'limlari tomonidan yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va kelajakdagi ishlar va rejalarni tushuntirib berish bo'yicha Zoom dasturi orqali seminar tashkil etildi.

Ushbu xatni ijrosini ta'minlash maqsadida, 18-iyul kuni A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida Uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimida olib borilayotgan ishlar sarhisobi bo‘yicha zoom dasturi orqali vebinar o‘tkazildi.

Mazkur vebinarda Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazining rahbariyati ham ishtirok etishdi. Vebinarda xalq ta'limi pedagog xodimlarining malakasini oshirish ishlarining bugungi holati, muhokama etildi, kelgusida bajariladigan ishlar belgilab olindi.

SIRDARYO MILLIY MARKAZNING TELEGRAM KANALIGA A'ZO BO‘LING
https://t.me/sirdaryomilliymarkaz
208 views10:36
Ochish/sharhlash
2022-07-21 13:34:22
MAHORAT DARSI

20-iyul kuni Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazining Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Ilhom Suyunov tashkilotchiligida Qayta tayyorlov matematika kurs tinglovchilari ishtirokida "Trigonometrik funksiyalar, tenglama va tengsizliklar o'qitish metodikasi" mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
195 views10:34
Ochish/sharhlash
2022-07-21 05:28:24
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.28/30.12.2019.Ped.68.01 raqamli Ilmiy kengashning 2022-yil 21-iyul kuni soat 10:00 dagi majlisida Siradjev Ilxom Toxirovichning "Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari maktab direktorlarining moliyaviy faoliyatini takomillashtirish" mavzusidagi 13.00.07 – Ta’limda menejment ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasining himoyasi bo‘lib o‘tadi.

Institutning rasmiy sahifalarini kuzatib boring
Telegram |Facebook |Website|YouTube
255 views02:28
Ochish/sharhlash
2022-07-19 07:38:25
Натижа ва ҳисобдорлик: “Upgrade” лойиҳаси доирасида янги контентлар яратилди

А.Авлоний номидаги миллий-тадқиқот институтининг “Upgrade” лойиҳаси муваффақиятли якунланди. Юқоридаги видео орқали амалга оширилган ишлар сарҳисоби билан танишишингиз мумкин.

Миллий -тадқиқот институтининг расмий саҳифаларини кузатиб боринг

Telegram |Facebook |Website|YouTube
335 views04:38
Ochish/sharhlash