Get Mystery Box with random crypto!

​Keyin esa... Keyin esa darslar boshlandi. 1-1,5 oyga mo'ljal | Сиддиқа Ҳасан

​Keyin esa...

Keyin esa darslar boshlandi. 1-1,5 oyga mo'ljallangan darsimiz tugab, endi amaliyot o'tay boshladik. Ishlashga ishtiyoq osha boshladi. Shunday paytlarda bir joydan taklif tushdi. Transformater ishlab chiqaradigan zavodning saytiga matnlar yozib berish. Kamiga menga kerakli ma'lumotlarning bari rus tilida. Ish jamoamizdagi ko'pchilikka ma'qul kelmadi. Men esa qiyin bo'lsa-da o'zimni sinab ko'rgim keldi. Ustozim bilan maslahatlashdim. O'zingizga ishonsangiz, oling, eplaysiz, degan so'zlaridan ruhlanib taklifni qabul qilganimni aytdim. Bir hafta deganda kerakli ma'lumotlarni rus tilidan bir amallab tarjima qilib, matnlarni yozib berdim. Ishim ularga ma'qul kelgandi. Men bilan doimiy ishlash taklifini berishdi. Ammo rus tilidagi muammoyim to'siq bo'lib shu joyida kompaniya bilan xayrlashdik.

Bu mening kopirayting sohasidagi birinchi ish haqim, peshona terim edi. Garchi juda arzon narxga rozi bo'lgan bo'lsam-da, ichimda ishonch, boshqacha bir g'urur uyg'ongandi. Kursga yozilish qarorim xato emasligiga endi amin bo'lgandim.

Shu, shu katta-kichik postlar yozib bu sohaga yanada kirib kela boshladim. UStoz bizga nafaqat bu sohaga, balki qobiliyatingiz bor har narsaga mehr berishni, uni rivojlantirishni, hech bo'lmaganda bir bor sinab ko'rishni maslahat berib, qo'llaridan kelgancha ko'maklashar edilar.

Keyin esa ustozim orqali Mebel sotish firmasi (Mebelsmart) va Shirinlik do'koni (Adicake)ga Kommunity menejer ya'ni mijozlarning savollariga yozma javob beruvchi xodim bo'lib ishga joylashdim. Ikkita online ish, universitet darslari, kitob o'qish bilan bo'lib vaqtim tig'izlashdi.

Jamoamizda go'yo saralanganlar yig'ilib qolgandek edi. Har sohaning mutaxassislari, har soha vakillari bor edi. Qolaversa, har kim har narsa qiziquvchi, o'zini hamma narsada sinab ko'rishni sevuvchi, bir joyda muallaq turmasdan, tinmay harakat qiluvchilar bor edi.

Nima bo'ldi-yu guruhimizda tahrir bo'yicha gap ochilib, men shu sohaga qiziqib qoldim. Shu sohada o'zimni sinab ko'rgim keldi. Hech kimga aytmagan bo'lsam-da ich-ichimdan shu sohada bir kun faoliyat olib borishni orzu qilardim. Ichimda uyg'ongan kuchli istakdan adashmasam 10-15 kunlarda so'ng @Ibook_uz dan birinchi marta taklif oldim va shu bilan kopirayting+muharrirlik faoliyatim boshlanib ketdi.

Nima demoqchiman? Shu bir yillik hayotimdagi o'zgarishlarda, avvalo, Allohning fazli bilan keyin esa Ezo opamning bergan tavsiyalari, ruhlantirishlari, jamoamizning ahlligi, maslahatlari katta ahamiyatga ega.

Hayotingizni o'zgartirish o'z qo'lingizda. Duo, harakat, tavakkul va pok niyat bilan barcha orzu-niyatlarga erishish mumkin.

Barchasi uchun rahmat opa — @sarvarovna

@Siddiiqa