Get Mystery Box with random crypto!

Hammasi qanday boshlandi? O'tgan 2021-yilning yoz oyi. Barcha | Сиддиқа Ҳасан

Hammasi qanday boshlandi?

O'tgan 2021-yilning yoz oyi. Barcha talabalar singari ota-onamning yonidan kirib ularga biroz yengillik qilay, deb uyimiz yaqinidagi tikuv korxonasiga ishga kirdim. Menga teskari yo'nalish, yangi kasb, turli odamlar, turli sharoit. U yerda turli xarakterli, turli sharoitdagi insonlarni ko'rib ilm ichida ekanligimdan Allohga bot-bot hamd aytar edim. Kitob ochishga-da vaqtim bo'lmas, o'z ustimda ishlashni-ku qo'yavering. Mayli, 3 oy o'tadi ketadi. To'plagan pullarimga kitoblar vamo'ljallab yurgan buyumlarni harid qila boshladim. Har doimgi bir xil ish. ertalab ishga bor kechda uyga charchab kel. Ilm ichida yurgan insonga bunday ish og'ir kela boshladi. Ha, tan olaman, men charchay boshladim. Ishdagi muammolar, qolaversa kitob o'qishdan tobora chetlashib ketganim meni azoblay boshladi. Oldimda yana 1 yarim oy turardi. Tunda kelib o'zimga mos ish qidirar, kunduzi esa odatdagi ishimga ravona bo'lardim.

Shu zaylda kunlarim o'tdi. O'zimga mos ish topolmadim. Talaba, qolaversa sentyabrdan o'qishga chiqib ketadigan qizni kim ham ishga olardi. Masofa ham ancha to'siqlar qo'ydi ayrimlarida. Lekin men baribir ham o'zimni rivojlantiradigan ish topishim kerak!

So'ng titkilovlarim natijasida kompyuter bilan bog'liq ishlar chiqib kelaverdi. Men esa IT sohasiga qiziqib qoldim. Lekin menda kompyuter yo'q. Keyingi maqsad kompyuter sotib olish. Kompyuter olish uchun mablag' yiga boshladim. 1 yarim oyda 300$ yig'a oldim, xolos. Atrofimdagilarning kreditga olaqol, zarilmi yemay ichmay pul yig'ishing, degan "maslahatlar"ini eshitmaslikka harakat qilsam ham, bunaqa "maslahatlar" hech tinay demasdi.

So'nggi oyligimni olarkanman, 300$ ga kompyuterli bo'lishim va shu bilan hayotim o'zgarib ketishini tasavvur qilayotgan men osmonda uchardim.

Tun. Ertalab bo'lsa amakivachcham bilan kompyuter olishga boramiz. Miyamda rejalar tuza boshladim. ITni o'rganish bo'yicha o'quv markaz qidira boshladim. Shu payt soat kech 22 larda amakivachchamdan qo'ng'iroq bo'ldi. ..
—Yangi kompyuter olish uchun yig'gan pulim juda ham kamlik qilar ekan. Yaxshi kompyuterlar esa 500$ ekanligi va menda hech qanaqasiga yana 200$ topishga imkon yo'qligini o'ylab, kompyuter va kelajak haqidagi xayollar zumda ko'z oldimdan o'chdi. Negaligini bilmayman, balki juda ham xohlaganim uchunmi, yig'lab yubordim. Hech kimga bildirmay, hech kimga eshittirmay)

Tong. Menda maqsad yo'q. Qay tomonga borishni bilmayman. Ikki haftadan keyin universitetda darslar boshlanadi. Men esa 3 oy ishlab tayinli biror narsali bo'lolmadim, o'zimga mos ish topolmadim, degan o'y yer edi. Bo'sh qopga o'xshab qolganday edim. Bu hol kimdadir oddiy vaziyatdek tuyular. Ammo bu garchi universitet talabasi bo'lsam ham oldimda tayinli biror maqsadim va o'zim yoqtirgan kasbim bo'lmaganidan, o'zimni dunyodagi eng baxtsiz inson deb o'ylab yurgan paytlarimdagi emotsiya edi.

Kunduzi uyda yolg'iz u yoq-bu yoqni yig'ishtirib o'tirar ekanman, orada telegramni ham bir-bir titkilayman. @Sarvarovna kanalini o'qiy boshladim. Ish bilan bo'lib yig'ilib qolgan xabarlarini o'qiy boshladim. Oldimdan Kopitayterlik haqida postlari chiqib qoldi. Qiziq, bu qanday soha? Botlariga yozdim va kopirayterlik haqida ma'lumotga ega bo'ldim.

Ichimda o'sha yuqotib qo'ygan nurim yana paydo bo'la boshlagandek edi. Hech qancha o'ylab o'tirmay kurslariga yozilmoqchiligimni aytdim va men endi u kishining shogirdlariga aylandim.


Davomi kechki soatlarda))