Get Mystery Box with random crypto!

Islomdagi 5 farz har bir ishimiz qolifidir. 1. Iymon Har bir | Shuni tushundimki...

Islomdagi 5 farz har bir ishimiz qolifidir.

1. Iymon

Har bir ishdan oldin unga aniq ishonish ya'ni iymon keltirish, undan to'laqonli foyda olishga chin qalbdan ishonish zarur... (Iymon bo'lmasa har bir amallaringiz habada bo'lgani ka'bi bir ishni amalga oshirishga ishonmasangiz sizni sayi-harakatlaringiz foyda keltirmaydi)

2. Namoz

Namozdagi har bir amallar ishlaringizni rejalashtirib beradi... (Fikrimni qisqartirolmadim, batafsil keyinroq post qo'yaman, InshaAlloh)

3. Ro'za

Bir narsaga erishish uchun nafsni tarbiyalash va ayni vaqtda ishingizga zarar keltiradigan narsalardan kechish ya'ni ro'za tutish zarur...

4. Zakot

Bir ishni boshlashdan oldin albatta sarmoya keltirish kerak va foydani to'g'ri taqsimlay olish va zakot uchun mablag' ajratishi lozim (ilm olishda zakot boshqacharoq ma'noda keladi).

5. Haj

Buni ikki xil talqinda tushundim. Biri, totli yakun bo'lsa(ming hohlagani bilan taqdiriga yozgan inson haj qiladi, bu holatda esa faqat ishingiz yakuni qanday bo'lishini Alloh biladi). Ikkinchisini qisqacha ilm bo'lsa agar o'sha ilmni o'chog'i o'sha damda qayer bo'lsa ana o'sha yerga borib o'rganish deb tushundim (Kimki qodir bo'lsa).