Get Mystery Box with random crypto!

Sabr qiling, har narsaning yakuni bor Bu hayotda har qanday s | Shukurov's blog

Sabr qiling, har narsaning yakuni bor

Bu hayotda har qanday siqilish, muammo, ochlik, kasallik, faqirlik, qarzdorlik, mahbuslik, tashvish, g'am, hamma-hammasining oxiri bor. Bu oxirdan o'tgandan keyin hammasi o'zgaradi. O'rnini xursandchilik, shodlik, yaxshilik va rahmat egallaydi.

Aka-ukalarim va opa-singillarim, sizni biror muammo qiynasa, sabrni mahkam tuting. Zero, har narsaning nihoyasi bor. Kecha qancha uzun bo'lmasin, albatta nihoyasi tong bilan tugaydi. Tong bashorat, umid, surur va nurga to'la yangi libosida chiqadi. Arqon qanchalar mustahkam yoki cho'ziluvchan bo'lsa-da baribir uziladi.

Quvonchli yakunni sabr bilan kutish - ibodat. Har narsaning yakuni bor.

Sabr qiling har narsaning yakuni bor.

Mening blogim
https://t.me/Shukurov_blog