Get Mystery Box with random crypto!

Ko'zingizni yuming, dunyoni unuting. Uch daqiqa vaqtingizni o | Shukurov's blog

Ko'zingizni yuming, dunyoni unuting.

Uch daqiqa vaqtingizni olmoqchiman. Bu vaqt ichida ajib rohat topasiz.

Ko'zingizni yuming, og'zingizni yoping va dunyoni unuting.

Ko'zni yumishdan maqsad hayotni eslatuvchi ta'sirli holatlar, muammolar, g'am-tashvishlarni ko'rmaslik.

Og'izni yopishdan maqsad gapirmasdan o'zini sokinlikka topshirish.

Dunyoni unutish zehningizni dunyo haqida fikr yurutish bilan band qilmaslik. Chunki bu dunyo ishlarni boshqaruvchi Allohning o'zidir.

Biz uzun kechalar uxlaymiz, lekin olam o'zgarmaydi. Chunki u Allohning qaramog'ida. Bizning bu hayotda borligimiz, yo'qligimiz kabi, tirikligimiz o'likligimiz singaridir. Basharmiz, yeymiz, bozor-o'charda yuramiz, uxlaymiz, uyg'onamiz.

Dunyoga kelganimizda hech narsa o'zgarmagan edi. Ketganimizda ham o'zgarmaydi.

Shunday ekan nima uchun bu dunyo tashvishini qilasiz?

Ko'zingizni va og'zingizni yuming. Dunyoni unuting. Xuddi shu holatni 3 daqiqa davomida qiling. Agar o'zingizda qandaydur O'ZGARISH his qilsangiz. Xar kuni 3 daqiqalik mashqni hayotingizda tadbiq eting.

P.S bu 3 daqiqa davomida chuqur-chuqur nafas olib, uni juda ham sekin chiqaring. Bu yanada xotirjamlikka erishishingizga yordam beradi

Mening blogim
https://t.me/Shukurov_blog