Get Mystery Box with random crypto!

#eslatma Arafa kuni kechasi, ya’ni, hayit kuniga o‘tar kechas | Shukraana School

#eslatma

Arafa kuni kechasi, ya’ni, hayit kuniga o‘tar kechasini zikru tasbeh va duoyu istig‘for bilan bedor o‘tkazish mustahab.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Kim Ramazon va Qurbon hayitlarining kechasini bedor o‘tkazsa, qalblar o‘ladigan (ya’ni, Allohning zikridan g‘ofil bo‘ladigan va qotib qoladigan) kunda uning qalbi o‘lmaydi”, deganlar.

Hayit kunining tongidan g‘usl qilib, xushbo‘y atirlar sepib va eng go‘zal, yangi yoki toza kiyimlarimizni kiyib namozgohga borish, to hayit namozi o‘qilguncha hech narsa yemaslik sunnat amaldir.

@Shukraana_official