Get Mystery Box with random crypto!

#bolgan_voqea ---Amani ismli qizning hayoti--- U «Qur'oni k | Shukraana School

#bolgan_voqea

---Amani ismli qizning hayoti---

U «Qur'oni karim hifzi» markazining mudirasi edi. U yerda nafaqat Qur'on hifzi bilan band bo'lishar edi, balki har xil mavzular haqida masalan oila haqida, ish yoki uchrashuvlar haqida suhbatlashishar edi. Shular bilan birga oyatlar yoki Qur'oniy darslar yoki Qur'oniy mo'jizalar haqidagi ma'ruzalarni Amani yoritib berishga harakat qilar edi...

O'tgan Sha'bon oyida unda tromboz ya'ni (miyada qon quyulish) kasalligi aniqlanib, kasalxonaga yotqizildi..

Dugonasining aytishicha u hech qanday apparatlarga muhtoj emas edi. Hamma xonalarni birma bir aylanib, Qur'ondan dars olishlari uchun ayol-u qizlarni xonasiga chaqirib kelar edi...

Agarda apparat kiydirib qo'yishsa, xonadagi ichki telefondan foydalanib, qo'ng'iroq qilar edi va xonada kim bo'lsa Qur'on darsiga kelishlarini aytar edi.

Amani Qur'on xofizasi si edi.
Bir kuni dugonasi undan xol ahvol so'rab qo'ng'iroq qildi. Amani unga:
- Qur'onni bir qaytarib berishingizni xohlardim,- dedi.
Amani undagi kasali tufayli Qur'on hifzini unutib o'lishidan juda qo'rqar edi. Shunga tez-tez qaytarib turishni istar edi.
Dugonasi dedi:
- Ko'ngling xotirjam bo'lsin... Kunora senga qo'ng'iroq qilib, Qur'onni eshittiraman.
Amani dedi:
- Yo'q yo'q, kasalxonaga kelib yaqindan turib o'qishingni xohlayman... Uni his etib, muhitida yashagim kelayapti.

Dugonasi uning iltimosiga rozi bo'ldi va asrdan to hufton vaqtigacha Amanining oldidan siljimas edi.
Amani esa u bilan birgalashib Qur'onni qaytarar edi.

Ramazon oyi boshlandi.
Shifokorlar uni nonushta qilishga buyurdilar. U bo'lsa :
- Yo'q, aslo, Allohga qasamki Ramazon kunida men nonushta qilmayman, - dedi. Shifokorlar unga:
- Hech nima yemasangiz xalok bo'lasiz! - deb aytishdi.
Amani bo'lsa:
-Allohga qasamki ramazon kunida men hech nima yeya olmayman.

Ramazon oyining ikkinchi kuni Amani vafot etdi.
Uning o'limi vaqtida dugonasi yonida edi.

Amanining dugonasi dedi:
Amani to'satdan o'limga tayyorgarlik ko'ra boshladi. Va tili bir oyatni qaytaraverdi:
"IYMON KELTIRGANLARNING ALLOHGA MUHABBATLARI QATTIQDIR".
- Baqara 165 oyati

Uning ovozi oyatni qaytargan sari balandlashar edi.
Oxiri bor ovozi bilan oyatni qaytardi:
"Iymon keltirganlarning Allohga muhabbatlari qattiqdir".
"Iymon keltirganlarning Allohga muhabbatlari qattiqdir".

"Iymon keltirganlarning Allohga muhabbatlari qattiqdir".

So'ngra ovozi pasaya boshladi, sekin, sekin ... to vafot etmaguncha u oyatni qayta-qayta o'qir edi.
U qo'llari bilan Kur'onni mahkam bag'riga bosib turib, hayotdan ko'z yumdi:
LA ILAHA ILLALLOH.

Bu qanday o'lim bo'ldi.
Bu qanday xotima bo'ldi.
Amanini o'liklarni yuvish xonasiga o'tkazdilar.
Yuvuvchi ayol uning qo'llarini Qur'ondan bo'shata olmadi. So'ngra sheyx Xolid ash-SHahriyga qo'ng'iroq qilib, unga vaziyatni tushuntirdi.
Sheyx Xolid:
- Bo'lishi mumkin emas, bo'lishi mumkin emas, uni ko'rmagunimcha ishonmayman, - deb aytdi. Shayxga:
- Keling, guvohi bo'ling, - deb aytishdi.

Amaniga xijob kiydirishgandan so'ng, sheyx Xolid uning oldiga kirdi.
Amaniga hijob kiydirishar ekan, uning ruhi yaratganning huzuriga uchib ketgan edi.
U tiriklik chog'ida hijobini muhofaza etgan edi.
Uning ruhi chiqqanidan so'ng Parvardigor uni yana hijoblantirdi.

Sheyx uni ko'rgan zahoti, tizzalariga cho'kkalab olib, yiglab yubordi.
Sheyx:
-Allohga qasamki, uning umri go'zal xotima bilan yakun topibdi.
Uni Qur'oni bilan yuvib kafanlanglar va dafn etinglar.

Darhaqiqat, Amani Mushafi bilan yuvilib kafanlandi va dafn etildi.
Mana shu Amanining hayotlik chog'i va uning xotimasi edi.

Mana shu Amani al'Anza edi.
ALLOH uni rahmatiga olgan bo'lsin.

Ey fazilatli birodarim, sen Qur'oningni so'nggi bor qachon ochib o'qiding?

Sening xotimang qanday bo'lar ekan?

Uyquga ketayotganimizda ham kullarimizda telefon uyg'onganimizdan keyin ham birinchi ishimiz telefonni ochish.

Qachongacha DUNYO bizni o'z domiga tortar ekan???
Ey Alloxim....

@Shukraana_official