Get Mystery Box with random crypto!

Mashhurlik orzuim edi Nima bo'lmasin 'yulduz'lik zo'rda der e | Shuxratjon | harakat qilmoqda

Mashhurlik orzuim edi

Nima bo'lmasin "yulduz"lik zo'rda der edim. Bolaligimdan mashhur bo'lishni orzu qilardim.

Mana, katta bo'ldim. Fikrlash ham ancha kengaydi. Mashhur shaxs bo'lish fikridan voz kechmadim, ammo gap boshqa yerda.

Izlanishlarim natijasida anglab yetdimki, mashhur bo'lish uchun sizda shu 3ta jihatdan biri bo'lishi kerak ekan:

1. Sehrli qalpog'ingiz bo'lsin
2. Betamiz vayner(tik toker) bo'ling
3. Dunyoviy lazzatlarni chetga surib, ixlos bilan ilm, hunar o'rganing

Yuqoridagi, shu 3 jihatdan biri sizda bo'lsa, albatta, mashhur bo'lasiz. Haqiqiy mashhurlik esa ummatga nafingiz tegishidir.

Siz qaysini tanlaysiz?


@shuhratjon_zokirov