Get Mystery Box with random crypto!

Qiyinchilik 1. Bir yil avval o‘zimga o‘zim savol berdim, tasa | Shuxratjon | harakat qilmoqda

Qiyinchilik

1. Bir yil avval o‘zimga o‘zim savol berdim, tasavvur qil, sen bir katta kompaniya rahbarisan, puling ko‘p, hamma havas qiladi, muvaffaqiyatlisan. Sen baxtlimisan?

2. Javob ha bo‘lmadi, negaki o‘zimni noloyiq joyda his qildim, kuchli his qilmadim, chunki o‘sha-o‘sha men faqat nimadirlari bor xolos.

3. Muvaffaqiyat darajasi uning omma oldidagi o‘rni, ko‘rinishi yoki odamlar qarashlari bilan o‘lchanmaydi. Yutuq ungacha bo‘lgan qiyinchilik bilan o‘lchanadi.

4. Muvaffaqiyat totini unga yetishgan insondek hech kim bila olmaydi, chunki u yo‘ldagi mashaqqatni faqat o'sha inson o'zi biladi.

5. Qiyinchiliksiz muvaffaqiyat bemaza, pulga sotib olingan qisqa baxt kabi. Yillab tayyorlanib o‘z kuchi bilan va pul to‘lab o‘qishga kirgan abiturientlardek.

6. Bugungi qiyinchiliklar ertangi rohat garovi, o‘z holatingni normal qabul qila olmayotganing sabab qiynalyapsan, demak harakat qilishingga sabab bor.

7. Mashaqqat muborak, faqat ko‘tara oladiganlarga beriladi, seni kuchli bo‘lishga undaydi, bugungi sen kechagi sendan farq qilib boradi.

@shuhratjon_zokirov