Get Mystery Box with random crypto!

Qiyomatli do'stim haqida Do'st masalasida omadi chopgan, muva | ShuhratMuhammad | Blog

Qiyomatli do'stim haqida

Do'st masalasida omadi chopgan, muvaffaqiyatli insonman deb bemalol ayta olaman!

Bu dunyoda sizni ham chin do'stingiz bo'lsa, unda sizga qiyomatda oltindan bo'lgan taxt muborak bo'lsin degan misralar meni quvontirib turadi.

Sizni ham dardlaringizni ayta oladigan, siz bilan doim birga, biron nimaga erishsangiz sizdanda ko'proq xursand bo'ladigan do'stingiz bormi?

Umrimning oxiriga qadar esimdan chiqarmaydigan voqea: Najot Ta'lim kirish imtihonlarini javobini mendan oldin bilib menga yetkazgan qiyomatligim Firdavs.

Ismingiz ma'nosi bo'lmish Jannat bog'larida ham birga bo'lishlikni o'zi nasib qilsin. Sizdan Alloh rozi bo'lsin!

Xurmat bilan diydor fursatini kutayotgan do'stingiz ShuhratMuhammad