Get Mystery Box with random crypto!

Qishloqning bahori eng go'zal bahor, Shaharga ortiqcha intilma | ShuhratMuhammad | Blog

Qishloqning bahori eng go'zal bahor,
Shaharga ortiqcha intilma bola
Shaharda varraklar erkin uchmaydi,
Shaharning osmoni simlarga to'la.

Qishloqda kuylasang jo'shib kuylaysan
Tunlarni, tonglarni, kuylarga ulab
Shaharda otilib chiqishing qiyin,
Shaharning sahnasi simlarga to'la.

Qishloqning har kuni sayr, ko'kkari
Bo'laqol otga min or talash bola
Shaharda qo'linga uloq tegmaydi,
Shaharning ko'chalari temirga to'la.

Qishloqda taniydi hamma bir-birin
Dilingni, elingni mehrga bela
Shaharda mendaylar ko'payib ketgan,
Bilmaysan bu shahar kimlarga to'la.

Instagramdan tikka chopildi