Get Mystery Box with random crypto!

Birinchi sinf o‘quvchilari uchun yangi matematika kitobini yar | Sherzod Shermatov

Birinchi sinf o‘quvchilari uchun yangi matematika kitobini yaratilish jarayonlari tasvirlangan videolavhani ko‘ring

Yozda ko‘pchilik ta’til haqida o‘ylasa, ta’lim mazmuniga javobgarlar uchun esa juda ish qizg‘in va mas’uliyatli davr keladi. Yangi kitoblarni sifatli qilib o‘z vaqtida maktablarga yetkazish juda muhim vazifadir.

O‘tgan yili Prezidentimiz O'zFA Matematika Instituti yangi binosining ochilishida maktablardagi matematika darsliklarini takomillashtirish vazifasini belgilab bergan edilar. Ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikning birinchi natijasi sifatida bu yil birinchi sinflar uchun tayyorlangan yangi darslikni ko‘rsatsa bo‘ladi.

Ta’lim mazmuni uchun mas’ul bo‘lgan vazirning birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev boshchiligida Respublika ta’lim markazi yangi komandasi bilan katta o‘zgarishlar boshlandi, lekin hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko'p.

Ushbu jarayonga o'z hissasini qo'shgan O'zFA Matematika Instituti, UNICEF Uzbekistan va boshqa barcha hamkorlarga minnatdorchilik bildiramiz.