Get Mystery Box with random crypto!

#maslahat #username Bir necha yillar oldin odamlar telefon raq | Suvtushar radiosidan gapiramiz

#maslahat
#username
Bir necha yillar oldin odamlar telefon raqamlarini hadeb almashtiraverishi muammoli vaziyat edi. Bitta nomer ishlatadi, ozgina payt aloqada bo’lmasangiz va keyin telefon qilsangiz uje bu raqamni boshqa odam ishlatyapti. Shuning uchun ham bitta raqamni uzoq vaqt ishlatgan insonlarni ko’rsak xursand bo’lardik va o’zimiz ham shunga harakat qilardik.
Maslahatim shuki bitta username tanlang (asosan telegram foydalanuvchilariga tegishli) va o’shani almashtirmang. Sizning “adres”ingiz shu axir. Qaysidir yaqiningiz sizni shu bilan eslab qolgandir. Keyinchalik mabodo qanaqadir vaziyatda sizni yo’qotib qo’yishsa yoddan yozib topa olishlari uchun ham kerak bu. Tushuntira oldim, degan umiddaman. Salomat bo’lishga majbursiz. Siz bizga keraksiz.

@Shoniyozov_blogi