Get Mystery Box with random crypto!

Shohrux Erkinov [Official]

Telegram kanalining logotibi shohrux_erkinov_adabiyot — Shohrux Erkinov [Official] S
Telegram kanalining logotibi shohrux_erkinov_adabiyot — Shohrux Erkinov [Official]
Kanal manzili: @shohrux_erkinov_adabiyot
Toifalar: Sanʼat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 105
Kanalning ta’rifi

Shohrux Erkinovning Telegramdagi rasmiy sahifasi!
🔴Telegram:👇
https://t.me/Shohrux_Erkinov_adabiyot
🔴Instagram:👇
https://instagram.com/shohrux_erkinov_official?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
🔴YouTube:👇
https://www.youtube.com/@Shohrux_Erkinov

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-20 06:44:33

249 views03:44
Ochish/sharhlash
2022-06-26 15:15:33 MARDIKOR 2
(Hazil she'r)

Kipriklaring qor qilib nechun,
Qovog'ingdan qor yog'ar yana?
Kokillaring dor qilib bugun,
O'lmoqdaman qarshingda, mana.

Yana shu hol, yana shu ahvol,
Turibman jim, bosh egib, so'zsiz.
Tergovchilik qilmay qo'yaqol,
Charchab keldim, soat ham to'qqiz...

Birpas uxlay, ertaga tongda
Ishga jo'nab ketaman, mayli.
Seningcha pul topish oson-da,
Seningcha men yuribman daydib?!!

Ishlayapman har kun to'xtovsiz,
Narx-navo ham o'sar kun sayin.
Turolmaysan bir zum o'qlovsiz,
Bu turishda o'lish ham tayin.

Unning narxi oshgan, bilasan,
Topgan pulim yetmas yarmiga.
Janjal qilib nima qilasan,
Kirgizmayman deysan kamiga.

Menda ham bor or-nomus, g'urur,
Mening ham bor yetarli kuchim.
Besh, olti kun og'zing yumib tur,
Rossiyaga ketaman uchib.

Zora, shunda sendan butunlay,
Bir umrga qutilsam edi.
Sen ham eri o'lgan xotinday,
"Ketmang" deya o'tinsang edi.

Bilsang qarzim ko'payib ketgan,
"Qaytar" deya qilishmoqda do'q.
Ko'chadagi faqat shu itdan
Qarzga suyak so'raganim yo'q.

Charchab ketdim to'g'risi men ham,
Yashash qiyin, hayot murakkab.
Bu tashvishlar qotirib ensam,
Tushmasaydi bir kun yurakka.

Bir kun infarkt, yo insult bo'lib,
O'lib qolsam mabodo birdan.
Shu payt o'zing asragin gulim,
Pulsiz qolish kasalligidan...

2022-yil

Shohrux Erkinov

@Shohrux_Erkinov_adabiyot
373 views12:15
Ochish/sharhlash
2022-05-24 19:48:14 Shohrux Erkinov...

Nilufar...

Bolalik...

294 views16:48
Ochish/sharhlash
2022-05-09 11:22:27 Shohrux Erkinov...

Nilufar...

Tong...

289 viewsedited  08:22
Ochish/sharhlash
2022-04-29 16:53:56 Shohrux Erkinov...

Nilufar...

Bor bo'lsin ayol...

232 viewsAdmiN, edited  13:53
Ochish/sharhlash
2022-04-24 11:30:57
Bolalik

Sen bilan men edik ikki do'st,
Edik ikki do'sti-qadrdon.
So'ng do'stlikka tegib qolib ko'z,
Ajralishdik so'ng ikki tomon.

Sen u taraf ketding xayr deb,
Men bu taraf qoldim zabonsiz.
So'z aytmoqni ko'rolmading ep,
Aytolmadim men ham bir og'iz.

So'z topmading bergani taskin,
Yo oldingga o'zim boraymi?
Do'stlar bisyor, lek sendakasin
Topmoq mushkul, bilsang og'ayni...

Tuproq yo'lda qolgandi izing,
Hamon seni chorlar ko'chalar.
Esingdami, ayt axir o'zing,
Onam yopgan issiq kulchalar.

Eslaysanmi sochlaring silab,
Otam senga aytgan gaplarin.
Sensiz dunyo qoldi huvillab,
Sensiz bitmas dardli daftarim.

Keng dalalar kutmoqda do'stim,
Yo'lingga ko'z tikib intizor.
O'zing ekkan nihollar o'sdi,
Sog'indingmi sen uni bir bor?

Sog'inmoqda seni tun bo'yi
Ertaklarning eng saralari.
Sensiz qiziq emasdir o'yin,
Sensiz bitmas qalb yaralari.

Sen bu faqir dunyoda tanho
Poshsholigim eding bolalik.
Ketding ortga boqmay ham qiyo,
Men-chi ortda qoldim boladek.

Sen bilan men edik ikki do'st,
Edik ikki do'sti-qadrdon...
286 viewsAdmiN, edited  08:30
Ochish/sharhlash
2022-04-04 17:40:29 Shohrux Erkinov...


Nilufar...


Bahorni sog'inib...

205 viewsAdmin, edited  14:40
Ochish/sharhlash