Get Mystery Box with random crypto!

KUNDALIK 📖🖋

Telegram kanalining logotibi shohi_kundaligi — KUNDALIK 📖🖋 K
Telegram kanalining logotibi shohi_kundaligi — KUNDALIK 📖🖋
Kanal manzili: @shohi_kundaligi
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-12-14 10:33:12


https://t.me/shohi_kundaligi
9 viewsedited  07:33
Ochish/sharhlash
2022-12-12 09:59:30


Qaysidur vaqt aniq qaror qilganman va niyat ketgan va mana natijasi...
15 viewsedited  06:59
Ochish/sharhlash
2022-12-10 12:41:06
Bilaman, yo’llarda ruhing toliqqan,
Davom etmoq kerak, ammo, azizim.
Chiqavergan misol quyosh, xususan,
Yog’avergan kabi yomg’irlar sim-sim.

Davom etmoq kerak har nafas betin,
Ko’ngilda zarracha his qilmay hadik.
Bir yoqdan bostirib kelsa-da shovqin,
Bir yoqda kutsa-da bahaybat jimlik.

Nigohing toza tut, xayoling pok tut,
Dunyo ishlaridan axtarma ma’ni.
Bori musibat-u qayg’uni unut,
Hayot degani bu – davom degani.

Davom etmoq kerak….

Mehrinoz Abbosova

https://t.me/shohi_kundaligi
20 viewsedited  09:41
Ochish/sharhlash
2022-11-26 23:02:20
Qulochingni keng yoy...

Hozir men judayam kichkina muammolar bilan o'ralashayotganimni angladim.

Biz qanday holda hozirgi muammolarga o'ralashamiz bilasizmi?
Aslida qayerga borayotganimizni unutganimizda yoki ongimiz hozirgi holatdan keyingi manzilni ko'rmayotganda.

Aslida qay manzilga yo'l olganingizni eslashingizga yordam beruvchi savollarni pastda qoldiraman:
1. Men nima uchun o'qishga kirdim ( hozirgi holatingizni yozasiz)?
2. Men o'qishga kirib nima qilmoqchi edim ( yoki o'zingizni holatingiz)?
3. Men nima uchun buni xohlaganman?
4. Men o'qishga kirish orqali nimaga erishmoqchi edim?
.
.
.
Ya'ni agar sizni maqsadingiz aslida o'qishga kirish bo'lmagan, shu orqali erishmoqchi bo'lgan boshqa narsa bo'lgan.

Ongingiz keyinni ko'rishi kerak. To'g'rirog'i siz hozir xohlayotgan narsa(manzil, holat) aslida maqsadmas bu "asl maqsad" ga eltuvchi yo'l bo'lsagina ong bemalol sizni shu narsaga yetkazadi!

p.s: nimadir his qila oldizmi?

https://t.me/shohi_kundaligi
28 viewsedited  20:02
Ochish/sharhlash
2022-11-25 21:14:12
Og'riqlar yomonmi...?

Bilasizmi shu paytgacha og'riqlardan qo'rqardim. Kimdirni menga og'riq berishidan, menga yordam bermay qo'yishidan, meni tark etishidan, suyanadigan yelka qolmasligidan...

Keyin ko'p depressiyaga tushushim bezovta qilardi. Heeeech qabul qilomasdim.
Nega aynan menda shunaqa bo'ladi?
Nega aynan menda o'xshamaydi?
Nega meni tushunishmaydi?
Nega men og'riqni his qilaveraman?
.
.
.

Endi esa angladimki, bu og'riqlar meni yanada tajribaliroq qiladi, ha men depressiyaga ko'p tushaman lekin, shu orqali heeeeech kimga suyanmasdan faqat Yaratuvchigagina ishonib olg'a yurishni o'rgandim!
Bu og'riqlar meni yanada tozalagani, poklaganini bilaman...

Hop nima bo'pti ?

Ha men depressiyaga ko'p tushaman...
Ha men og'riqni his qilib yashab o'tishimga to'g'ri keladi...
Ha meni yaqinlarim boshqalarnikidek qo'llab-quvvatlamas, balki o'zim ularsiz rivojlanishim kerakdir...

Xo'sh shunaqa bo'lsa nima bo'pti?
Bular ham mendagi xuddi atirgulni tikoni kabi tabiiydir...

Shohi
9 viewsedited  18:14
Ochish/sharhlash
2022-11-22 22:39:30
“Hayot - ikkilanishlar uchun qisqa
Qarorlar uchun juda kenglik qiladi”

Dee Hanim
21 viewsedited  19:39
Ochish/sharhlash
2022-11-22 20:00:53 Another Love
24 views17:00
Ochish/sharhlash
2022-11-21 23:37:20
Bilasizmi nima?

Odamlardan butunlay uzilish bu – atrofingda oila a'zolaring, qarindoshlaring, do'stlaring hamma-hammasi bor-u, lekin xuddi ular yo'qdek yashay olish...

Bor. Ular bilan yashayverasan lekin energetik yukingni ularga tashlamaysan.

Hech kim,
hech narsada,
hech qachon,
majburmas!
8 views20:37
Ochish/sharhlash
2022-11-19 13:32:34
Yo'llar...
Yolg'iz o'zing...

Men yo'lga ko'p chiqishni yoqtiraman. Chunki yo'lda xayollarimni, fikrlarimni bir joyga jamlab olaman odamlardan uzilib. Yana bitta zor tarafi yangi g'oyalar keladi, savollarimga javob topaman.

https://t.me/shohi_kundaligi
3 viewsedited  10:32
Ochish/sharhlash
2022-11-16 16:59:31
Tovbaaa
Har doim tupikka kirib, aqlim ham o'chib javob topolmay qolganimda, eeeeeeng kerakli paytda javob yuboradi qaylardandir...

Bu yerda: "shunday buyuk zot yordam bermasligiga ishonasanmi..." degan ma'no bor.

Ming shukur
11 viewsedited  13:59
Ochish/sharhlash