Get Mystery Box with random crypto!

Bilaman, yo’llarda ruhing toliqqan, Davom etmoq kerak, ammo, | KUNDALIK 📖🖋

Bilaman, yo’llarda ruhing toliqqan,
Davom etmoq kerak, ammo, azizim.
Chiqavergan misol quyosh, xususan,
Yog’avergan kabi yomg’irlar sim-sim.

Davom etmoq kerak har nafas betin,
Ko’ngilda zarracha his qilmay hadik.
Bir yoqdan bostirib kelsa-da shovqin,
Bir yoqda kutsa-da bahaybat jimlik.

Nigohing toza tut, xayoling pok tut,
Dunyo ishlaridan axtarma ma’ni.
Bori musibat-u qayg’uni unut,
Hayot degani bu – davom degani.

Davom etmoq kerak….

Mehrinoz Abbosova

https://t.me/shohi_kundaligi