Get Mystery Box with random crypto!

Shisha bino

Telegram kanalining logotibi shisha_bino — Shisha bino S
Telegram kanalining logotibi shisha_bino — Shisha bino
Kanal manzili: @shisha_bino
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.27K
Kanalning ta’rifi

Kitoblar va ozroq falsafa.
Bog'lanish uchun:
@shisha_binoga_xatlar_bot
Shaxsiy sahifa: @vasilbro

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 3

2022-08-17 11:44:06
IQ 101 level.

Buxoriyning yig’gan hadislar to’plami Qur’ondan keyingi o’rinda turadigan ishonchli manbaligini hisobga olmaganda, nafaqat o’zbeklar, balki boshqa xalqlar ham Beruniy, Amir Temur va Al-Xorazmiyni Qur’on yodlagani uchun emas, aksincha boshqa jihatlari uchun qadrlaydi. Fahrlanadi.

Bilmaganlar uchun;

Amir Temur kuchli shaxmatchi bo’lgan, Beruniy ham. Xorazmiyning matematikadan kuchli bo’lganini hisobga oladigan bo’lsak, u ham katta ehtimol o’ynagan.

Agar shu yigitlar shaxmatda o’rin ololmaganda ham, shu kabi manqurtlar “ana o’rin ololmadi, boshqa narsa qilsa bo’lmasmidi” deb chiqardi. Faqatgina biz o’zbeklar bir-birimizni oyog’imizdan tortamiz.

Bundaylarda miya borligiga shubham bor.
1.5K viewsʙᴀᴋʜᴛɪʏᴏʀᴏᴠ, 08:44
Ochish/sharhlash
2022-08-16 10:25:22 Shisha bino pinned «Dinozavrlar va “insonlar”ning o’xshashligi. Bundan million yillar ilgari, yer yuzidagi dominant irq dinozavrlar edi. Ulkan jisomoniy qobilyatlar, kuch-qudrat sohibi bo’lgan jonzotlar, yer yuzida hukmronlik qilishgan. Ularning qirilib ketishiga sabab sifatida…»
07:25
Ochish/sharhlash
2022-08-16 10:12:15 Dinozavrlar va “insonlar”ning o’xshashligi.

Bundan million yillar ilgari, yer yuzidagi dominant irq dinozavrlar edi. Ulkan jisomoniy qobilyatlar, kuch-qudrat sohibi bo’lgan jonzotlar, yer yuzida hukmronlik qilishgan. Ularning qirilib ketishiga sabab sifatida, yerning katta hajmli asteroid bilan to’qnashganligi aytiladi (nazariyaga ko’ra). Bunda ham, ular birdaniga yo’q bo’lib ketishmagan. To’qnashuvdan so’ng yuzaga kelgan global iqlim o’zgarishi natijasida, ozuqa yetishmasligi turlarning qirilib ketishining asosiy omili bo’lib xizmat qildi. Ular iqlim va shart-sharoitga ko’nika olishmagan. Ya’ni ularning aqliy salohiyatlari buning uchun sustlik qilgan. Oddiy izohlaydigan bo’lsam, ular yer ostida joylashgan bunkerlar qurishmagan, zahira sifatida ozuqa g’amlashmagan, masalani qanday yechishni o’ylab ko’rishmagan va hokazo. Yirtqichlar shunchaki ov qilishga moslashgan bo’lsa, o’txo’rlar ulardan qochish va yemish yeyish bilan cheklanishgan. 10 millionlab yillik hukmronlik davrida ularga televizor yoki telefon, suv ichish uchun kosalar, ovqat pishirish uchun gaz plitasi talab qilinmagan. Ularning hayotini ov qilish, yemish izlash, tirik qolish va nasl qoldirish tashkil qilgan.

Odamlarda ham dinozavrlar kabi hukmronlik mavjud. Ularning hayotini tashkil qilgan; ov qilish, yemish izlash, tirik qolish, nasl qoldirishni hozirgi kunimizdagi ba’zi “insonlar” hayoti bilan qiyoslab ko’ramiz.

Ov qilishni - gapirishga o’zgartiramiz, yemish izlashni – ovqatlanishga, tirik qolish - yashash, nasl qoldirish o’zgarmay qoladi. Endi, bizda shunday formula paydo bo’ldi; gapirish, yeyish, yashash, nasl qoldirish. Bu sikl doimiy aylanadi. Gapirish, yeyish, yashash, nasl qoldirish. Gapirish, yeyish, yashash, nasl qoldirish…nimaga ishora qilayotganimni payqagandirsiz hoynahoy ! B’azi odamlarning yashash tarzi, dinozavrlarnikidan farq qilmaydi. Ikkalasi ham o’ylashdan yiroq mahluqot.

Karl Yung aytganidek;

O'ylash - qiyin ish, shuning uchun ko'pchilik hukm chiqaradi.


Odamlarni kuzataman, ba’zilarni o’ylab ko’rish qiziqtirmaydi. Ular biror chiroyli gap aytib, olqish olish, ishqida yonadilar. Aytayotgan gaplari to’g’rimi yoki noto’g’ri bunga tupurishadi, muhimi, omma oldidagi status. Miyaga kelganini vaysash juda oson, o’ylab ko’rish, rostmana qiyin ish. O’z aql doirangdan tashqaridan kelgan ma’lumotni qabul qilolmaslik va unga nisbatan noo’rin fikr bildirish, faqat insongina bunga qodir. Bu bizga xos jirkanch fazilat.

Ratio est ignorantia (sabab – bilmsizlikdir)

@shisha_bino
1.7K viewsʙᴀᴋʜᴛɪʏᴏʀᴏᴠ, edited  07:12
Ochish/sharhlash