Get Mystery Box with random crypto!

Shartlar bilan tanishamiz Jek London - Martin Iden F. Dostoy | Shisha bino

Shartlar bilan tanishamiz

Jek London - Martin Iden
F. Dostoyevskiy - Jinoyat va Jazo
Oskar Uayld - Dorian Greyning portreti
J. Oruell - Molxona

Barchasi juda oddiy. Sizdan yuqorida zikr etilgan kitoblarni 1 oy davomida o’qish va ularga taqriz yozish talab etiladi, xalos. Qiyin asarlarni tanlamadim. Albatta, ko’pchiligingizga bu nomalar tanish, demak, ortiqcha qiyinchilikka uchramaysiz, degan umiddaman. Tanlangan asarlarni xohlasangiz sotib olib o’qing, xohlasangiz elektron shakilda mutolaa qiling. Agar ikkinchisi bo’lsa, barchasini @megabooksbot orqali yuklab olishingiz mumkin. Ishtirokchilar soni cheklanmagan.

Mukofotlar

1-o’rin

Ken Kizi - Kakku uyasi uzra parvoz
Somerest Moem - Oy va sariq chaqa
F. Dostoyevskiy - Telba
Anna Frank - Anna Frank kundaligi
Svetlana Aleksiyevich - Chernobil tavalosi

2-o’rin

F. Dostoyevskiy - Qimorboz
Remark - Uch og’ayni
Uolter Tevis - Qirolichaning yurishi
Jorj Oruell - 1984


3-o’rin

Remark - Qora haykal
Rey Bredberi - Farengeyt bo’yicha 451 daraja
Vikas Svarup - Xarobadan chiqqan millioner


4-o’rin

Mixail Bulgakov - It yurak
Ernest Xeminguey - Chol va dengiz


5-o’rin

Skott Fitsjerald - Buyuk Getsbi
_________________________

E’tibor beriladigan jihatlari

Taqriz sifati
O’g’irlanmaganligi
Yondashuv

Ogohlantirish

Jami to’rt kitobga taqriz yozilgan bo’lishi shart. Hech qanday imtiyozlar bo’lmaydi. Taqrizlar hakamlar tomonidan baholanadi va har bir ishtirokchiga asar yuzasidan ba’zi savollar beriladi. Taqrizlarni tanlov yakunlanishiga 5 kun qolgandan boshlab, ya’ni 21-sentyabrdan jo’natishingiz mumkin bo’ladi. Undan erta emas.

Eslatma

Agarda, siz o’rin olsangiz, biroq asarlar sizga manzur kelmasa yoki sizda mavjud bo’lsa, asar narxiga teng bo’lgan har qanday kitobga almashtirib beriladi.

Taqrizlarni - @thebakhtiyorov manziliga yuborasiz.

Finish - 26 sentyabr. Hammaga omad. Maroqli mutolaa.

@shisha_bino